Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Ronaldu Florentino Peresdan uzr so‘ragan. Krish kelajagini Madrid bilan bog‘lamoqchi

Ronaldu Florentino Peresdan uzr so‘ragan. Krish kelajagini Madrid bilan bog‘lamoqchi

Baho:
+ | -

Faoliyatining eng yulduzli davrlarini Madridning "Real" klubida o‘tkazgan portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu yana "qirollik klubi"ga qaytmoqchi. El Nacional nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 37 yoshli superyulduz qariya Peresdan o‘tgan yozda sodir bo‘lgan ayrim voqealar yuzasidan uzr so‘ragan.

Maqolada aytilishicha, hujumchi "Old Trafford"dagi joriy mavsumidan ko‘ngli to‘lmagan va "Santyago Bernabeu"ga qaytish niyatida. Portugaliyalik futbolchi sifatida emas, balki har qanday yo‘l bilan "Real"ga qaytishga tayyor. Ronaldu Madridda elchi yoki boshqa rolda ishlashga tayyor.

Biroq, bunday harakat qilishdan oldin Peresdan uzr so‘rash kerak edi, chunki yozda hujumchi va uning agenti Xorxe Mendesh "Real"ning raqiblari "Atletiko" va "Barselona" bilan muzokara stoliga o‘tirishdi.

Madridliklar Krishning raqiblarga bo‘lgan qiziqishidan norozi edi, shuning uchun "Bernabeu"ga qaytish imkonsiz bo‘lib qoldi. Biroq, Ronaldu prezidentdan uzr so‘rash ularni o‘zi afsona hisoblangan klubga qaytishga tayyor ekanligiga ishontirish uchun yetarli bo‘lishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 23:10, 29.10.2022.
O'qildi: 11939 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик