Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Argentina chempionatida qoyilmaqom finish!

Argentina chempionatida qoyilmaqom finish!

Baho:
+ | -

«River Pleyt» darvozaboni 90-daqiqada penaltini to‘sdi va natijada jamoasining ashaddiy raqibi - «Boka Xuniors» chempion bo‘ldi! So‘nggi tur oldidan «bokachilar» turnir jadvalida «Rasing»ni 1 ochkoga ortda qoldirayotgandilar. Xullas, «Racing»ning taxtga ko‘tarilishi uchun o‘zi g‘alaba qozonishi va «ko‘k-oltinranglilar» ochko yo‘qotishlari talab etilardi. «Boka» yengilgan va «Rasing» durang qayd etgan taqdirda esa, chempionni aniqlash uchun «pley-off» o‘yini o‘tkazilardi.

Endi yakunlovchi tur tafsilotlariga e’tibor Qarating:

*** «Boka» o‘yinning 50-daqiqasida «Independiyente»ni 2:1 hisobida yutayotgan va bu holatda chempionlik taqdirining «Racing» natijasiga bog‘liqlik joyi yo‘q edi.

*** «Rasing» esa «River Pleyt»ga qarshi uchrashuvning 56-daqiqasida penalti vositasida hisobni ochdi. Bu gol onlayn-jadvalda hech narsani o‘zgartirmadi, ammo endi «Boka»ning ochko yo‘qotishga haqqi qolmadi.

*** 81-daqiqada «Boka Xuniors» gol qo‘yib yubordi (2:2) va onlayn-jadvalda «Rasing» 1-o‘ringa ko‘tarildi.

*** Ayni shu pallada parallel o‘yinda ham hisob o‘rgardi - «River» muvozanatni tikladi va «Racing» qayta 2-o‘ringa tushdi.

*** Kulminasion nuqta: «Racing» 90-daqiqada penalti ishladi va «oltin»ni o‘z tomoniga yumalatish uchun zo‘r imkoniyat hosil qildi. Chempionlik masalasiga oydinlik kirituvchi zarba Xonatan Galvanga ishonib topshirildi. Biroq u «River» darvozaboni Franko Armanini dog‘da qoldirolmadi.

*** Galvanning omadsizligidan 5 daqiqa o‘tgach, 90}5-daqiqada «River» g‘alaba golini urib, «Rasing»ning qolgan ozgina umidini ham puchga aylantirdi.

Shu tariqa «River Pleyt» bilibmi-bilmay, ashaddiy raqibi ko‘chasida chinakam bayram bo‘lishini ta’minladi. Asosiy fakt: «Boka Xuniors» atigi gollar nisbati bo‘yicha atigi +6 ko‘rsatkichi bilan unutilmas chempionlik nishonladi. Albatta, raqib marhamati bilan!

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:29, 04.11.2022.
O'qildi: 2209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик