Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Vladislav Xan: «Nasaf» va «Sevinch» joriy mavsumda «oltin dubl» qilishga yaqin turibdi»

Vladislav Xan: «Nasaf» va «Sevinch» joriy mavsumda «oltin dubl» qilishga yaqin turibdi»

Baho:
+ | -

Bugun Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning birinchi qismida “Sevinch” jamoasi bosh murabbiyi Vladislav Xan ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Sevinch” jamoasida 20 yildan buyon faoliyat olib borayotgan bo‘lsam, ilk bor Qarshi shahri O‘zbekiston kubogi finaliga mezbonlik qilmoqda va bundan juda ham xursandman. Tabiiyki, ertaga futbol bayrami bo‘ladi va muxlislar ham ko‘p bo‘ladi.

“Bunyodkor-W” bilan ancha vaqtdan beri raqobatlashib kelamiz. Hozirgi kunda ushbu jamoada “Sevinch”ning olti nafar tarbiyalanuvchisi to‘p tepadi. Raqib tarkibida ko‘p narsalarga qodir bo‘lgan futbolchilar bor va hurmat bilan yondashamiz. “Qaldirg‘ochlar”ga qarshi bahslar doim og‘ir o‘tgan.

Albatta, raqibni yaxshi o‘rganib chiqqanmiz. Shunday bo‘lsada, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Yillar davomida “Sevinch” yetakchi jamoa bo‘lib kelgan. Yil avvalida jamoa oldiga shonli mavqeini tiklash vazifasi yuklatilgan edi. Shogirdlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular barchasini to‘g‘ri qabul qilishdi. O‘ylashimcha, chempionlikka haqli edik.

Mamlakat chempioni sifatida kelgusi mavsum klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etamiz. Xalqaro maydonda munosib ishtirok etish uchun, albatta tarkibni kuchaytirishni maqsad qilganmiz.

“Nasaf” bu mavsum kubokni qo‘lga kiritdi. Biz esa muddatidan oldin chempionlikni naqd qildik. Har ikkala jamoa “oltin dubl”ga erishish uchun juda ham yaqin turibdi. Albatta, buni juda ham istaymiz va harakat qilamiz.

“Sevinch” – terma jamoa bazasi sifatida tashkil etilgan. Jamoa yaxshi futbol maktabiga ham ega bo‘lgan. Bugungi kunda yetakchi jamoalarda ham Qarshi klubi tarbiyalanuvchilari to‘p tepadi. Shu bois, “Sevinch” doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelgan va katta tarixga ega jamoa sanaladi", — dedi Vladislav Xan.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 23:15, 04.11.2022.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик