Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Pike va Shakira: ajrashuv sababchisi kim?

Pike va Shakira: ajrashuv sababchisi kim?

Baho:
+ | -

Yoz boshida butun futbol va musiqa olami «Barselona» faxriysi hamda dunyo estradasi yulduzining muhabbatiga darz ketgani va ular ajrashayotganlari haqida tarqalgan xabardan «shok» holatiga tushdi. Aslida futbolchi va xonanda qonunan ajrashmaydilar, zero, birga yashashgani va farzandlar ko‘rishganiga qaramay, rasman nikohdan o‘tishmagandi.

Olamshumul ayriliqdan keyin OAVda yulduz juftlik ittifoqi nega buzilgani xususida birin-ketin hayratga soluvchi tafsilotlar chiqib ketdi. Jumladan, Shakira himoyachini qaysidir yosh model yoki aktrisa emas, balki o‘smir jamoadoshining onasi bilan xiyonat ko‘chasiga kirganlikda ayblayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. O‘shanda 17 yoshli Gavining onasi nazarda tutilgandi. To‘g‘ri, bu shunchaki, gap-so‘z maqomida qoldi, lekin hattoki, Jerarning o‘zi ham xabarni inkor etgani yo‘q. Hozirda Pike va Shakira hamon ajrashish jarayonida, lekin futbolchi endi omma oldiga yangi mahbubasi - 23 yoshli talaba Klara Chia Marti bilan birga chiqishdan sira uyalmayapti. E’tiborlisi, Pike qalbini zabt etgan qiz tashqi qiyofa bo‘yicha Shakiraga shu qadar o‘xshashki, buni bir qarashda sezish mumkin.

Darvoqe, Gavi Parijda tashkillashtirilgan «Oltin to‘p»-2022 taqdimot marosimida o‘tgan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etildi. «Barselona»ning umidli yarim himoyachisi sahnaga klubdoshi Pedrining ustozi va opasi Avrora Gavira bilan birga chiqdi. Oddiy aytganda, yozda tarqalgan mish-mishlarda ozgina asos ham bo‘lishi mumkin. Faqat Pike yosh klubdoshining onasi emas, balki opasi bilan uchrashgan balki. Har holda, 20 yoshli Avrorani onasidan farqlash juda qiyin. Ehtimol, Shakiraga xiyonat haqida xabar yetkazganlar ham Gavining onasi va opasini adashtirib yuborishgandir...

***
Jerar Pikening mavsum o‘rtasida faoliyatini yakunlash qaroriga nimalar sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Yelena Kondis Edoning so‘zlariga ko‘ra, «Barselona» himoyachisiga so‘nggi haftalardagi futbol muammolari va matbuot katta ta’sir ko‘rsatgan. Futbolchi o‘zini yomon his qilgan.

Shuningdek, Pikening ketishigi «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Joan Laportadan xafaligi ham sabab bo‘lgan, futbolchi buni ommaga oshkor qilishni istamasa ham.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli himoyachi bu mavsumda La Ligada 5ta o‘yinda maydonga tushdi. 5 noyabr kungi «Almeriya» bilan bahs uning uchun faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan Jerar Pike «Barselona»dan ayrim pullarini olmaydi. SER Catalunya jurnalisti Kike Rodrigesning xabar berishicha, himoyachi 30 million yevroni olishdan bosh tortgan.Ma’lum bo‘lishicha, «Barselona» prezidenti Joan Laporta va rahbariyat Pikening faoliyatini yakunlash qaroridan bexabar bo‘lishgan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 04.11.2022.
O'qildi: 8865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.