Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

"Nyukasl" "MYU"dagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

"Nyukasl" "MYU"dagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau klub "Manchester Yunayted"dan darvozabon Martin Dubravkani qaytarishga tayyorligini aytdi.

“Albatta, eshiklarimiz doim ochiq. Ko‘p narsa Martinning o‘ziga bog‘liq. Uning hozirgi jamoadagi ahvoli qandayligini bilmayman, lekin menga Dubravka ham futbolchi, ham inson sifatida yoqadi. U biz uchun ajoyib mavsum o‘tkazdi. Martin aql bovar qilmaydigan darvozabon. Biz, albatta, u bilan kerakli vaqtda gaplashamiz", - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan GOAL.

"Manchester Yunayted" Dubravkani o‘tgan yozda "Nyukasl"dan ijaraga olgandi. Kelishuvga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 33 yoshli slovakiyalik futbolchini maydonda ma’lum daqiqa o‘tkazsa, uni sotib olishga majbur bo‘ladi. Ayni damda darvozabon "qizil iblislar" safida debyut qilmagan.

Kiritildi: 14:14, 05.11.2022.
O'qildi: 2345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик