Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya - Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

Xvichaga maqtov – Kvardona!

Xvichaga maqtov – Kvardona!

Baho:
+ | -

Joriy mavsum «Napoli» safiga qo‘shilgan gruziyalik Xvicha Kvarasxeliya yevro­arenalarni shunchaki, «yondirmoqda».

Uni ayniqsa, «A» seriya klublari himoyachilari to‘xtatish yo‘lini topolmayaptilar. Rossiya­dagi siyosiy holat tufayli Neapol klubiga «Dinamo» (Batumi) orqali o‘tgan hujumkor futbolchi jumladan, Italiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan «Sassuola»ga qarshi bahsda ham bosh qahramonlardan biriga aylandi. Avvaliga Viktor Osimxenning 2ta goliga assistentlik qilgan Xvicha keyin o‘zi ham raqib darvozasini nishonga oldi. Shu tariqa uning joriy mavsumdagi umumiy statistikasi dahshatli ko‘rinish oldi - 16ta o‘yinda 9ta gol va shuncha samarali uzatma!

Hozirda hamma Xvicha Kvarasxeliyani maqtash bilan ovora. Uni hattoki, «Napoli» tarixini oltin harflar bilan bezagan afsonaviy Diyego Maradonaga qiyoslay boshlashdi. Kvardona - qanday jarangdor maqtov-a... Umuman, Luchano Spalletti jamoasi joriy mavsum to‘xtashni sira o‘ylayotgani yo‘q va bunda ham Xvichaning xizmati katta ekanligi baralla e’tirof etilmoqda.

«Napoli» va Kvarasxeliya joriy mavsumda:

- CHLning eng sermahsul jamoasi - 20ta gol (5ta o‘yinda)

- «A» seriyaning eng sermahsul jamoasi - 30ta gol (12ta o‘yinda)

- Barcha turnirlarda mag‘lubiyatsiz odim - 15ta o‘yin  

«Napoli» CHL-2022/2023 guruh bosqichining dastlabki 5ta turida har bir o‘yinda 3ta yoki ko‘proq gol urdi. Neapolliklarda ayni payt 20ta gol bor (o‘rtacha ko‘rsatkich - 4ta gol). Taqqoslash uchun aytsak, CHLning ikkinchi sermahsul jamoasi bo‘lib turgan «Bavariya» 16ta golga ega.

«Napoli» va Kvarasxeliya CHLning joriy mavsumida:

1-turda «Liverpul»ga 4ta gol

2-turda «Reynjers»ga 3ta gol

3-turda «Ayaks»ga 6ta gol

4-turda «Ayaks»ga 4ta gol

5-turda «Reynjers»ga 3ta gol

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:33, 05.11.2022.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.