Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yevropaning eng sermahsul futbolchilari bilan tanishing!

Yevropaning eng sermahsul futbolchilari bilan tanishing!

Baho:
+ | -

Mavsumning o‘rtasiga ham yetganimiz yo‘q. Shunga qaramay, bugun Yevropadagi kuchli beshlik chempionatlarining eng sermahsul hujumkor futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqmoqchimiz. Quyida "Transfermarkt" portali bergan ma’lumotlarga asoslanib, futbolchilarning gol va assist tizimidagi umumiy natijalari e’lon qilinadi.

Jonatan Devid (11)

Yevropaning gigant jamoalari Devidni "Lill"dan sotib olmaganiga hayron bo‘lsangiz arziydi. Kanadalik hujumchi bu mavsumda o‘z hisobiga 9 ta gol va 3 ta assistni yozdirib qo‘ya oldi. Devid keyingi yozda kattaroq klubga o‘tsa kerak. Harxolda, uning natijalari shunga ishora qilmoqda.

Xarri Keyn (12)

Angliya terma jamoasida borgan sari jarohatlar bilan bog‘liq muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Ammo Sautgeyt markaziy hujumdan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Keyn ayni damda sport formasida va APLni yondirishni davom ettirmoqda. "Shporlar" yetakchisining hisobida hozirga qadar 11 ta va 1 ta assist mavjud.

Kevin De Bryuyne (13)

De Bryuyneni APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi desak, xato bo‘lmaydi. Belgiyalik yulduz har hafta yakunida o‘z hisobini to‘ldirib boradi. Uning Erling Xoland bilan maydondagi til topishuvi, e’tirofga molik jihatlardan biridir.

Kilian Mbappe (13)

Ushbu ro‘yxatdan joy olishi kutilgan nomlardan biri Kilian Mbappedir. U bu mavsumda 11 gol va 2 ta assistga mualliflik qilishga ulgurdi. Shu yo‘sinda Mbappe navbatdagi mavsumda ham Fransiya chempioni bo‘la oladi.

Jamal Musiala (13)

19 yoshli futbolchi Londonda topmagan qadrini Myunxenda tikladi. Musiala 12 ta Bundesliga o‘yinida 8 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Musialaning sa’y-harakatlari bilan "Bavariya" bu mavsumda ham chempionlikni tantana qilishi mumkin.

Xvicha (13)

Barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganimizda gruziyalik hujumchining hisobida jami 20 ta gol mavjud. U shulardan 6 tasini A seriyada urgan. Xvicha Kvarasxeliyada, shuningdek, ichki chempionatda 7 ta assist ham mavjud.

Lionel Messi (17)

Messining Parijdagi ilk mavsumi ancha past notada boshlangandi. U 14 assist va 6 ta gol bilan o‘sha davrni tugatdi. Ammo Jahon chempionati yaqinlashgani sari biz yana sermahsul Messini ko‘ra boshladik. Argentinalik hozirga qadar 10 assist va 7 ta gol ijro etdi.

Levandvoski (17)

Garchand "Bavariya"dan "Barselona"ga yo‘l olgan bo‘lsada, polshalik gol mashinasining darajasi hech ham pasaygani yo‘q. Robert 13 ta gol va 4 ta assistga erishgan. Bu orqali u "Nou Kamp"ning sevimli nomlaridan biriga aylandi.

Neymar (20)

Neymar bundan 6 oy oldin "PSJ"dan ketishi mumkin edi. Mbappe u bilan o‘ynashni istamay qolgani sababli, bu voqea yuz berishi kerak bo‘lgan. 30 yoshli hujumchi esa bunga yangi mavsumdagi fantastik harakatlari bilan javob berdi. Braziliya terma jamoasi a’zosi hozirga qadar Liga 1 da 11 ta gol va 9 ta assist ijro etgan.

Xoland (21)

Endigina noyabr oyi boshlandi. Ammo Erling Xoland ismli hujumchi allaqachon APLda o‘ynab yurgan futbolchi kabi harakat qilmoqda. Himoyachilar qo‘rqinchiga aylangan norvegiyalik, o‘zining aqlbovar qilmas mahsuldorligi bilan hammani og‘zini lang ochib qo‘ydi. 22 yoshli hujumchi hisobida APLning o‘zida 18 ta gol va 3 ta assist mavjud. Bizningcha, hali bu boshlanishi (bo‘lsa kerak).

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:00, 08.11.2022.
O'qildi: 2035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.