Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Qatar-2022. C guruhi prevyusi. Messida armonini ushaltirish uchun so‘nggi imkoniyat

Qatar-2022. C guruhi prevyusi. Messida armonini ushaltirish uchun so‘nggi imkoniyat

Baho:
+ | -

Jahon chempionati boshlanishiga ham oz vaqt qoldi. Quyida guruhlar kesimida jamoalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. C guruhida barchaning e’tibori Leo Messi boshchiligidagi Argentinada bo‘lishi tabiiy.

Argentina

Jahon chempionatidagi eng yaxshi yutug‘i: G‘olib (1978, 1986)

Bosh murabbiy: Lionel Skaloni

Braziliyaliklar singari Argentina ham Janubiy Amerika mintaqasi saralashida hech qachon mag‘lub bo‘lmadi, 11 g‘alaba va 6 durang bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga, Skaloni jamoasi o‘z darvozasidan atigi 8 ta gol o‘tkazib yubordi (lekin bu yerda ham Braziliya kuchliroq o‘ynadi: 17 uchrashuvda atigi 5 ta gol o‘tkazib yuborilgan). Saralashning ikki yetakchisi o‘rtasidagi yagona uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Ammo ikkinchi bahs braziliyalik polisiyachilar tomonidan to‘xtatib qolindi. Siz bu voqeani eslaysiz - bir nechta argentinalik koronavirus protokolini buzgan edi.

Skaloni terma jamoani JCH-2018dan keyin qabul qilib oldi. Yangi murabbiy bilan argentinaliklar Amerika kubogi yarim finaliga qadar yetib borgan va u yerda braziliyaliklarga imkoniyatni boy bergandi. O‘shandan beri Argentina mag‘lubiyatga uchramadi va Skaloni asta-sekin puxta jamoani qurdi, bu esa Amerika Kubogi-2021ning zabt etilishiga olib keldi. Di Mariya, Messi va Papa Gomes jamoaning etakchi yigitlaridir. Qolgan futbolchilar u qadar qariya emas, chunki Lautaro Martines 25 yosh, Paredes va Dibalaning har biri 28 yoshda. Argentina terma jamoasi yosh jihatidan unchalik katta emas va juda yosh tarkibga ham ega emas.

"Albiseleste"ning hozirgi uslubi yanada qiziqarliroq ko‘rinadi - bu endi "to‘pni Messiga har qanday holatda uzatish" emas, balki juda ko‘p qisqa paslar bilan nazoratni qo‘lga olishga harakat qilishmoqda. Bu yerda Skaloni imkon qadar futbolchilarning sifatlariga moslashdi va oddiy prinsip asosida ishlaydigan qarshi hujum pressingini joriy qildi: to‘pni yo‘qotayotgan paytda uning atrofida argentinaliklar kuchli bosimni amalga oshiradilar. Hattoki, jahon chempionatida Messining himoyadagi tajovuzkor harakatlarini ham ko‘rishimiz mumkin.

Asosiy savol shundaki, jarohatlari mavjud bo‘lgan Dibala va Di Mariya Qatarga yetib boradimi? Ehtimol, ikkalasi ham ro‘yxatga kirishar, lekin ular JCHda qanday holatda bo‘lishadi?

Asosiy yulduz - Lionel Messi. Yangi mavsumda "PSJ" hujum chizig‘i Liga 1ni buzmoqda, Messining o‘zi barcha turnirlarda 18 o‘yinda gol+pas tizimida 12+14 natijani qayd etgan. 

Ehtimoliy tarkib: (4-3-3) Emiliano Martines – Talyafiko, Otamendi, Romero, Montiyel – Lo Chelso, Paredes, De Paul – Gomes, Lautaro Martines, Messi

Taxmin: guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqish va hech bo‘lmaganda jahon chempionatining yarim finaliga qadar yetib borish

Saudiya Arabistoni

Jahon chempionatidagi eng yaxshi yutug‘i: 1/8 final (1994)

Bosh murabbiy: Erve Renar

O‘tgan jahon chempionatida saudiyaliklar Rossiya termasi bilan bir guruhdan joy olgan edi va mezbonlarga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. Keyinchalik Urugvayga 0:1 hisobida yutkazgan bo‘lsa, so‘nggi bahsda Misrni mag‘lub etishdi (2:1).

Hozir fransiyalik Erve Renarni ko‘pchilik Afrika jamoalari bilan ishlagani uchun eslaydi: u Kot-d'Ivuarni JCH-2014ga olib chiqqan va 2015 yilda Afrika Millatlar Kubogida qatnashgan, shuningdek, 2018 yilda Marokashni boshqargan. Jahon chempionati. 2012 yilda Zambiya bilan KANdagi g‘alabani barcha eslasa kerak.

Afrika futboli uchun afsonaviy shaxs

Saralashda Saudiya Arabistoni O‘zbekiston, Falastin, Yaman va Singapurning qarshiliklarini sindirib, birorta ham mag‘lubiyatsiz guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Endi raqiblar biroz qiyinroq bo‘ladi. Polshaliklar jahon chempionatlarida juda yomon o‘ynashsa ham, Renarning yigitlari sensasiya qilishlari qiyin.

Hech kim Saudiya Arabistoni chempionatini yaxshi tushunmasa kerak - terma jamoaning butun tarkibi aynan shu yerdan. Tanish nomlarni 2018 yilgi Jahon chempionatidagi ro‘yxatni ko‘rish orqali topish mumkin. Vaholanki, tor doirada qiziq va taniqli futbolchilar bor. Masalan, 2018 yilda “Vilyarreal” tarkibida bitta o‘yinda maydonga tushgan vinger Salim Al-Davsariy.

Yoki boshqa qanot himoyachisi Fahad Al-Muvallad - 2018 yilda u "Levante"da ikkita o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, “An-Nasr Riyod”dagi o‘ng qanot himoyachisi Sulton Al-G‘anam nomi ham qiziq.

Asosiy yulduz - Salim Al-Davsariy. Tarkibdagi eng texnikasi kuchli futbolchi, JCH-2018da Misr darvozasiga urilgan g‘alaba golining muallifi. 

Ehtimoliy tarkib: (4-2-3-1) Al-Uvais – Al-SHaxrani, Al-Amri, Madu, Al-Ganam – Kanno, Al-Faradj – Al-Davsari, Baxebri, Al-Muvallad – Al-Buraykan.

Taxmin: guruhda uchinchi o‘rin.

Polsha

Jahon chempionatining eng yaxshi yutug‘i: uchinchi o‘rin (1974, 1982)

Bosh murabbiy: Cheslav Mixnevich

Saralash guruhida ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Rossiya terma jamoasi diskvalifikasiyasi tufayli bu yerga chiqdi va keyin shvedlarni mag‘lub etdi. Yevro-2016 chorak finalidan so‘ng, polshaliklar yirik turnirlarda achinarli o‘yin ko‘rsatishmoqda – ular JCH-2018 va Yevro-2020da birinchi bosqichdayoq musobaqadan chiqib ketishgan.

Bu yerda, xuddi Eronda bo‘lgani kabi, kulgili murabbiylik voqeasi sodir bo‘ldi - portugaliyalik Paulo Souza guruhdagi jamoa bilan ishladi, keyin esa mundialdan uch oy oldin Braziliyada ishlash uchun qochib ketgan. Andrey Shevchenkodan bosh murabbiy o‘rnini egallashni so‘rashdi, ammo yakunda Polshaning bir qancha klublari va U-21 terma jamoasi bilan ishlagan Cheslav Mixnevich jamoaga keldi.

Odatdagidek, polyaklar tarkibida sifatli futbolchilar ko‘p. Voysex Shensni, Yan Bednarek, Kamil Glik, Gjegoj Krixovyak, Petr Zelinski, Arkadiush Milik, Sebastyan Shimanski kabi nomlar bilan turnirda uzoqqa borishga harkat qilib ko‘rishadi. Mixnevich terma jamoani navbatdagi omadsizlikdan qutqarib qola oladimi? Ayniqsa, bunday qiyin guruhda.

Asosiy yulduz Robert Levandovski. Eng oddiy tanlov - u Polshani so‘nggi Yevroda bir o‘zi sudrab yurdi, hozir u "Barselona"da ajoyib statistikani qayd etmoqda. Levandovski, albatta, jahon chempionatiga tayyor.

Shuningdek, hujumda ko‘p narsa Shimanski va Zelinskining dinamikasiga bog‘liq - xavfli hududlarga to‘pni yetkazib berishda eng qobiliyatli o‘yinchilar o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak.

Ehtimoliy tarkib: (3-4-2-1) Shensni – Kivior, Glik, Bednarek – Zalevski, Linetti, Krixovyak, Kesh – Shimanski, Zelinski – Levandovski

Taxmin: guruhda to‘rtinchi o‘rin.

Meksika

Jahon chempionatidagi eng yaxshi yutuq: 1/4 final (1974, 1986)

Bosh murabbiy: Xerardo Martino

Meksikaliklar guruhdan chiqqandan keyin hamisha temir iroda ko‘rsatishadi. Qatargacha "La-Verde" ketma-ket yetti marta 1/8 finalga chiqdi - ajoyib barqarorlik. Martino tajovuzkor futbolni yaxshi ko‘radi va ro‘yxatda kuchli nomlar bor. Masalan, 37 yoshli Gilyermo Ochoa o‘zining beshinchi jahon chempionatiga boradi. 2015 yilda Lyuk Shou faoliyatini deyarli barbod qilgan Ektor Moreno ham hamon safda.

"Betis" futbolchisi Andres Guardado 36 yoshda va hozir ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ha, meksikalik yarim himoyachilar qarib qolishdi va endi u qadar baquvvat emaslar, ammo jahon chempionati uchun yoshliklarini esga solib harakat qilishadi.

Yana qahramonlar ham bor - "Ayaks"dan Edson Alvares butun maydon markazini ushlab tura oladi. Shuningdek, “Napoli”dan Irving Lozano va “Vulverxempton” yetakchilaridan biri Raul Ximenes (hozirda jarohatini tiklamoqda, ammo jahon chempionatiga yetib kelishi kerak). 

Meksikaning asosiy potensial muammosi - hujum chizig‘ining zaifligi. Ximenes bosh suyagi singanidan keyin optimal formada emas. Negadir Martino Xavyer Ernandesni rad etgan.

Asosiy yulduz - Irving Lozano. "Napoli" hozir eng top o‘yinlarini namoyish etmoqda. Yuqori tezlik, to‘psiz harakat, texnika – “Napoli” qanot himoyachisida raqibning hujumini mushkul holatda ushlab turish uchun hamma narsa yetarli.

Ehtimoliy tarkib: (4-3-3) Ochoa – Arteaga, Moreno, Montes, Sanches – Rodriges, Alvares, Guardado – Losano, Ximenes, Anuna.

Taxmin: ikkinchi o‘rin va 1/8 final.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 11:11, 09.11.2022.
O'qildi: 2950 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.