Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Tommazo Pobega: «Hozirgi imkoniyat – mashaqqatlar mahsuli»

Tommazo Pobega: «Hozirgi imkoniyat – mashaqqatlar mahsuli»

Baho:
+ | -

Avvalgi mavsum «Torino»da ijara kelishuvi asosida o‘ynagan, o‘ynaganda ham, barcha muxlisu-mutaxassislarni birdek lol qoldirgan «Milan» yarim himoyachisi Tommazo Pobega Tuttosport nashriga bergan intervyusida hozirgi imkoniyatlarga mutlaqo munosibligi haqida dadil gapirdi.

Aytish joiz, «rossonerlar» markaziy hududida Tonali, Bennosir, Krunich, Adli kabi ijrochilar borligiga qaramay, Tommazo joriy mavsum maydonda tez-tez ko‘rinish bermoqda va asosiysi, chakki taassurot qoldirmayapti. «Yozning oxirida klub rahbarlari va murabbiy bilan alohida uchrashganimdan so‘ng klubdan ketmasligim kerakligini tushundim. «Milan»da qolish - bu faoliyatimdagi yana bir boshlang‘ich nuqta, yangi bosqich. Har yili maqsadni yuqoriroq darajaga ko‘taraman va hozir bemalol aytishim mumkinki, jamoa safida qolib, oldinga yana bir qadam tashladim», - deya dalil so‘z boshladi Pobega suhbat avvalida.

Bolalik xotiralari

- Aqlimni tanibmanki, futbol va basketbolga mehr berganman. Har ikkisida birdek o‘ynardim, lekin barcha do‘stlarim futbolni tanlashgani ta’sirida basketboldan voz kechganman. Lekin bu sport turini hamon yaxshi ko‘raman, chunonchi, akam Sebastyano - basketbolchi. To‘g‘ri, basketbolda qolganimda, professional darajaga chiqarmidim yoki yo‘q, bunisini bilmayman. «Milan» tizimiga qo‘shilganimda, 14 yoshli bolakay edim. Har doim hamma bilan bir xil munosabatda bo‘ldim. Lekin Nereo Rokko va Chezare Maldiniga yaqinlikni sezardim, chunki men ham triyestlikman, biz hamshaharlarmiz. Triyest shahri Milan bilan chambarchas bog‘langan. Aynan shu afsonalar futbol tarixiga kirib, shahrimizni nafaqat Italiya, balki butun dunyo darajasida ulug‘lashdi. Qisqasi, Triyest va Milanni birlashtirib turgan qalin rishta bor.

 

Professional o‘sish jarayoni

- Tengdoshlarim bilan solishtirganda, Primavera yoshidan o‘tgan vaqt asosiy jamoa safiga qo‘shilishga tayyor emasdim. Boshqacha aytganda, «Milan»dagi bosimga bardosh berolmasligim tayin edi. Shuning uchun boshqa klubda xotirjamroq o‘sishni xohladim. Mana, yildan yilga o‘yinimni yaxshiladim va qayt­dim. Endi bemalol aytaman, hozirgi imkoniyatlarga mutlaqo loyiqmann. Buning ortida esa mashaqqatli mehnat bor. 

 

Gattuzo qo‘l ostida 

ishlash effekti

- Jennaro - katta futboldagi birinchi murabbiyim. U menga yosh yigitcha emas, balki katta futbolchidek qaradi va shu munosabat o‘laroq, boshidan mas’uliyatni o‘z zimmamga olishni o‘rgandim. Xullas, Gattuzoning faolitimga ta’siri katta bo‘ldi.

 

«Torino» tajribasi 

- Bu klubda Yurich har doim yakka to‘qnashuvlarga cho‘chimay kirishim, ba’zan tersroq bo‘lishim va kreativ harakatlanishga e’tibor qaratishim zarurligini tushuntirdi. Umuman, «anorranglilar» lagerida o‘zimni mutlaqo qulay his qildim. Jamoa murabbiylar shtabini yaxshi bilaman, shuning uchun ortga qaytishim ham hech gap emasdi. Deylik, Alessandro Buonjorno va Luka Jemello bilan hamon Turin haqida bahs­lashib turamiz. Shuningdek, tengdoshim Samuele Richchi va Pyetro Pellegri bilan ham aloqadaman. Axir Italiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida birga o‘ynaganmiz. Xulosa shuki, «Torino»dagi ijara muddati besamar ketmadi.

Pioli bilan munosabat

- Bu murabbiyda hech kimnikiga o‘xshamaydigan o‘ziga xos ish uslubi bor. Deylik, mash­g‘ulotlarga har kuni qandaydir yangilik qo‘shib boradi, albatta, barchasini hisobga olgan holda. CHL talabiga javob berishimizda, Piolining o‘rni katta. O‘zi «Milan»da siz har kuni o‘z oldingizga yangi maqsadlarni qo‘ya bilishingiz shart.

Tig‘iz taqvim ta’siri

- Ha, jismoniy va ruhiy zo‘riqish yo‘q emas. Axir tinimsiz o‘ynash har qanday futbolchini charchatadi. Eng asosiy muammo - keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt kam. Oqibatda to‘g‘ri yondashuv masalasida qiyinchilik yuzaga kelmoqda.

«Milan» o‘yiniga  moslashish harakati

- Jamoaga kirishib ketishda aytarli muammoga yo‘liqqanim yo‘q. Bunda ko‘plab yigitlar bilan 2020-2021 yillar yozida birga shug‘ullanganim va ularni yaxshi bilishim qo‘l keldi. Qolaversa, bu yerda tizim qanday ishlashi va Piolining uslublaridan xabardor edim. Endi imkoniyatni oshirish uchun jamoaning skudetto yutishiga imkon boricha ko‘proq hissa qo‘shishim kerak.

O‘qish va ilmiy daraja olish niyati

- Ilmiy ishimning nomi: «Korporativ ijtimoiy javobgarlik». Bunda hammasini aynan «Milan» misolida ko‘rib chiqaman. Dastlabki ikki bobdan so‘ng sportda munosabatlar modeli va «Milan»ning klub jamg‘armasi hamda uning loyihalaridagi ishtiroki tahlil qilinadi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:13, 11.11.2022.
O'qildi: 1278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.