"Liverpul" rahbariyati Roberto Firmino bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp gapirib o‘tdi.
“Muzokaralar davom etmoqda. Ko‘ramiz nima bo‘ladi”, - dedi Klopp.
Firminoning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.













