Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Katta yo‘qotishlar. JCHda jamoasiga yordam bera olmaydigan yulduzlar top-10

Katta yo‘qotishlar. JCHda jamoasiga yordam bera olmaydigan yulduzlar top-10

Baho:
+ | -

 Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan eng yaxshi jamoalar va jamoalari saralashdan o‘ta olmagan kuchli futbolchilar haqida yozgan edik. Ammo JCHga termasi yo‘llanma qo‘lga kiritib, o‘zlari ishtirok eta olmaydigan futbolchilar ham bor. Quyida jarohati sabab mundialni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar haqida to‘xtalamiz. 

N’Golo Kante

Terma jamoa: Fransiya.
Klub: Chelsi.
Gapimni “motor”siz qolgan fransiyalik jahon chempionlaridan boshlayman. N’Golo Kante avgust oyida tizzasidan jarohat olgan va oktyabrda yana jarohatini tiklab olgan.
Dide Desham jamoasi uchun katta yo‘qotish, chunki Kante odatda ikki kishining ishini bajarishga qodir.

Pol Pogba
Terma jamoa: Fransiya.
Klub: Yuventus.
Balki kimningdir Pol Pogbaning yo‘qligi shubhali tabassumga sabab bo‘lar, lekin Fransiya jamoasi muxlislarini emas. Ular yaxshi bilishadiki, Pogba terma jamoada klubdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaydi. Pol mavsumoldi vaqtida jarohat oldi va jahon chempionatini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqib, operasiyadan bosh tortdi. Noyabr oyining boshida u mashg‘ulotlarni boshladi, lekin son mushaklarini shikastlab oldi.
Kante va Pogbaning bir vaqtning o‘zida yo‘qligi Fransiya terma jamoasi uchun jiddiy zarba bo‘ldi. Albatta, Deshamning ixtiyorida “Real”ning bir qancha yarim himoyachilari Eduardo Kamavinga-Orelyen Tchuameni bor. Bu yigitlar sifatli o‘yin ko‘rsatadi, lekin juda yosh va bunday darajadagi turnirlarda tajriba bebahodir.

Ris Jeyms

Terma jamoa: Angliya.
Klub: Chelsi.
Bir qarashda Ris Jeymsning yo‘qligi jiddiy yo‘qotish emas, chunki "cherlar" himoyaning o‘ng qanotida Trent Aleksandr-Arnolddek futbolchiga ega. Biroq, "Liverpul" himoyachisi har doim ham ishonchli o‘yin ko‘rsatmaydi va bundan tashqari, u jarohatlarga ham moyil.

Shunday qilib, Jeymsning yo‘qligi Garet Sautgeytni har qanday saviyali zaxira variantlaridan mahrum qiladi.

Ben Chiluyell

Terma jamoa: Angliya.

Klub: Chelsi.

Xuddi shu muammo "Uch sherlar" himoyasining chap qanotiga ham tegishli. Chiluyellning jarohati bilan murabbiylar shtabida bitta variant qoladi - Lyuk Shou.
Ammo Angliya haqiqatan ham jahon chempionati favoriti hisoblanadi. Endi Sautgeytda deyarli tanlov yo‘q, bu jiddiy raqiblar bilan o‘yinlarga ta’sir qilishi mumkin.

Marko Roys

Terma jamoa: Germaniya.
Klub: "Borussiya" (Dortmund).
Bu Roysga tekkan kasallik bo‘lsa kerak. Marko Roys yana bir yirik turnirni o‘tkazib yubormoqda (bundan oldin 2014 yilgi jahon chempionati, 2016 yilgi Yevropa chempionati, 2020 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborgan) va futbolchining yoshi va Germaniyadagi iqtidorlar soni hisobga olinsa, keyingi safar Roys yirik turnirda qatnasha olmasligi mumkin.

Timo Verner
Terma jamoa: Germaniya.
Klub: Leypsig.
Shubhasiz, Hans-Diter Flik Timo Vernersiz ham o‘ynay oladi, nemislarda hujum chizig‘ida keng tanlovlar bor. Ammo Leypsigga qaytganidan keyin “jonlangan” Verner Germaniya terma jamoasiga jahon chempionatida yordam berishi mumkin edi.

Timo yaqinda, noyabr oyi boshida Chempionlar ligasi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Jorjinyo Veynaldum

Terma jamoa: Niderlandiya.
Klub: Roma.

 Niderlandiya terma jamoasida Jorjinyo Veynaldumning o‘rnini bosadigan futbolchi deyarli yo‘q. 

Diogo Jota

Terma jamoa: Portugaliya.
Klub: "Liverpul".
Portugaliya terma jamoasi hujumida jahon darajasidagi futbolchilar yetarli. Ammo baribir Diogo Jotaning yo‘qotishni ahamiyatsiz deb bo‘lmaydi. Terma jamoada Jota Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi o‘ynayotgan edi va u bilan 2022 yilgi Jahon chempionati saralashida jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylangandi.

Jovani Lo Chelso

Terma jamoa: Argentina.
Klub: Vilyarreal.
Argentinaning amaldagi terma jamoasini inersiyaga ko‘ra jahon chempionati favoritlari deb atashadi. Albiselestening eng kuchli jamoalari bilan bo‘lgan janglarda qarshi argumentlarni olish qiyin bo‘ladi.

Bunday vaziyatda maydon markazidagi Lionel Skalonening taktik tarkibdagi asosiy figuralaridan biri hisoblangan Lo Chelsoning yo‘qligi izsiz qolmaydi.

Sadio Mane

Jamoa: Senegal.
Klub: Bavariya.
Futbolchining jamoa o‘yiniga ta’siri bo‘yicha eng katta yo‘qotish, shubhasiz. Sadio Mane haqiqatan ham Senegal terma jamoasini yelkasida ko‘tarib yuradi. Ammo futbolchida jarohat bor. Lekin Rigobert Song hujumchini jamoa qaydnomasiga kiritdi. Senegalliklar mo‘jizadan umidvor, ammo Maneni Qatar maydonlarida ko‘rish imkoniyati nolga teng.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:31, 15.11.2022.
O'qildi: 6722 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.