Maqolaning birimchi qismidagi futbolchilarning nomini eshitmagan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. Lekin ikkinchi qismdagi futbolchilar ulardan hech qaysi jihatdan qolishmaydi. Demak biz davom etamiz…
Portugaliya - Krishtianu Ronaldu
Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda “Manchester Yunayted”ning 37 yoshli forvardi Yevroda oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi (2016, 2004, 2012), 2006 yilda esa Jahon chempionatida shohsupadan bir qadam narida to‘xtadi.
AQSH - Uoker Zimmerman
29 yoshli posbon "Neshvill"da o‘ynaydi. Amerika terma jamoasi tarkibida u 2021 va 2019 yillarda KONKAKAF Oltin Kubogi g‘olibi va kumush medal sovrindori bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni - Salim Al-Davsariy
“Al-Hilol”ning 31 yoshli yarim himoyachisi Saudiya Arabistoni terma jamoasi safida 53ta o‘yin o‘tkazib, 15ta gol urgan. Ulardan biri tufayli uning jamoasi JCH-2018da guruhda uchinchi o‘rinni egallagan edi.
Senegal - Kalidu Kulibali
"Chelsi"ning 31 yoshli himoyachisi tufayli senegalliklar Afrika kubogi-2021ni qo‘lga kiritishdi. Futbolchi terma jamoa safida 64ta o‘yin o‘tkazgan.
Serbiya - Dushan Tadich
"Ayaks"ning 33 yoshli yarim himoyachisi xalqaro faoliyatini 2008 yilda Pekin Olimpiadasidan boshlagan. O‘shandan beri futbolchi Serbiya terma jamoasida muntazam o‘ynab kelmoqda - uning hisobida 90 ta o‘yin bor.
Tunis - Yussuf Msakni
32 yoshli “Al-Duhail” yarim himoyachisi jarohati sabab Rossiyada bo‘lib o‘tgan so‘nggi jahon chempionatini o‘tkazib yubordi. Futbolchi guruh bosqichida Fransiya, Daniya va Avstraliya bilan bellashish uchun Qatarga qaytadi.
Urugvay - Luis Suares
Urugvayning eng yaxshi to‘purari 134ta o‘yinda 68ta gol. Terma jamoa tarkibida 35 yoshli “Nasional” forvardi 2011 yilda Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.
Uels - Garet Beyl
“Los-Anjeles”ning 33 yoshli hujumchisining eng yuqori yutug‘i Yevro-2016 bronzasi bo‘lib, uni Uels terma jamoasi Germaniya terma jamoasi bilan bo‘lishgan. Garet terma jamoa safida 39 ta gol urgan - bu tarixdagi eng yaxshi natija.
Fransiya - Ugo Lyoris
"Tottenxem"ning 35 yoshli darvozaboni fransuzlarni yana bir jahon chempionatiga olib boradi. Ugo bilan birgalikda jamoa 2018 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi, Yevro-2016 kumush medalini qo‘lga kiritdi va 2021 yilgi Millatlar ligasida zafar quchgan.
Xorvatiya - Luka Modrich
2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida “Oltin to‘p” sovrindori vise-chempion bo‘ldi. Bu muvaffaqiyatda 37 yoshli xorvatning hissasi katta: Modrich turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etildi.
Shveysariya - Granit Jaka
Londonning “Arsenal” klubining 30 yoshli yarim himoyachisi milliy terma jamoa safida 106 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan. Braziliya, Gana va Kamerunga qarshi kurashda shveysariyaliklarga uning mahorati kerak bo‘ladi.
Ekvador - Enner Valensiya
Xalqaro miqyosda 33 yoshli "Fenerbaxche" forvardi 2012 yilda debyut qilgan. Braziliyadagi jahon chempionatida u Shveysariya va Gonduras bilan o‘yinlarda uchta gol urdi.
Janubiy Koreya- Xyon Min Son
"Tottenxem"ning 30 yoshli hujumchisi 2010 yildan buyon milliy terma jamoada o‘ynaydi. U Osiyo Kubogi - 2011 bronza medali va Osiyo Kubogi - 2015 vise-chempioni hisoblanadi. U uch marta (2015, 2017, 2019) Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Yaponiya - Maya Yoshida
“Shalke”ning 34 yoshli himoyachisi terma jamoa safida 121 ta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchi 2011 va 2019 yillarda Osiyo Kubogining oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan