Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu terma jamoasining Nigeriya (4:0) ustidan qozonilgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining o‘zi sog‘ligi tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.
Ronaldu ijtimoiy tarmoqda ushbu o‘yin yaxshi kuch sinovchi vosita bo‘lganini, jamoa o‘z imkoniyatlarini namoyish qilib, individualligini ko‘rsatganini yozdi.