Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Bellingem bu yozda «Real»dan ketmoqchi bo‘lgan edi

Bellingem bu yozda «Real»dan ketmoqchi bo‘lgan edi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Jud Bellingem ushbu yozda Madridning «Real» klubini tark etishi mumkin edi.

Jurnalist Pepe Alvaresning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining otasi Mark Bellingem o‘tgan mavsum oxirida sport masalalariga oid kelishmovchiliklar sababli o‘g‘lining jamoadan ketishini muhokama qilish uchun «qirollik klubi» rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan. Ammo «qaymoqranglilar»ning javobi qat’iy va keskin bo‘lgan: Jud sotilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Jud Bellingem 2023 yili Dortmundning «Borussiya» klubidan «Real»ga 127 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Hammasi bo‘lib angliyalik yarim himoyachi «Real» safida barcha turnirlarda 140 ta o‘yin o‘tkazib, 46 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:08, 30.07.2026.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик