Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silvaning fikricha, so‘nggi kunlardagi voqealar hujumchi Krishtianu Ronalduga ta’sir qilmadi.
“Rostini aytsam, unda muammo ko‘rmayapman. U juda g‘ayratli va diqqatini jamlagan holda mashg‘ulotlarda ishlamoqda. Bu bir necha bor muhokama qilingan alohida mavzu”, - deya Silvadan iqtibos keltiradi Globo.
Portugaliya jahon chempionatida Urugvay, Gana va Janubiy Koreya bilan H guruhida o‘ynaydi. Portugaliyaliklar uchun turnirdagi ilk uchrashuv 21 noyabr, payshanba kuni Gana bilan bo‘lib o‘tadi.