Yarim himoyachi Ruslan Malinovskiy va hujumchi Jeremi Boga "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinining rejalariga kiritilmagan, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Har ikki futbolchi ham qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik 29 yoshli futbolchini Premyer-liga klublari, shuningdek, "Inter" va "Milan" o‘z safiga chorlamoqda.













