Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Glenn Xoddl JCH-2022dagi "Albiseleste"ning asosiy yulduzi Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Leo - noyob futbolchi. Bu maydonda haqiqiy daho, lekin uni har doim ancha o‘rtamiyona jamoa bilan jahon chempionatida g‘olib chiqqan Maradona haqidagi hikoya qisib qo‘ygan. Bu Lionelga tinchlik bermadi. U buni tuzatmoqchi. Endi Messining yaxshi sheriklari bor, ular ko‘p narsaga erisha oladilar", - deya iqtibos keltiradi Metro mutaxassis so‘zlaridan.
Argentina terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Polsha va Meksika bilan kuch sinashadi.