Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanganiga munosabat bildirdi. JCH-2022 Avstraliyaga qarshi o‘yinda (4:1) u dubl qayd etdi va urgan gollari soni bo‘yicha Tyerri Anri bilan tenglashdi - 51.
“Bu g‘urur uchun ajoyib sabab, men shu bilan to‘xtab qolmoqchi emasman. Umid qilamanki, jamoaga maqsadimizni amalga oshirishda yordam berish uchun musobaqani davom ettiraman. Biz o‘yindan o‘yinga yaxshiroq bo‘lishga intilamiz", - dedi Jiru.