Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"MYU" mensimagan besh futbolchi. Ularni hozir afsona sifatida bilamiz

"MYU" mensimagan besh futbolchi. Ularni hozir afsona sifatida bilamiz

Baho:
+ | -

Uzoq yillardan buyon "MYU" muxlislari Gleyzerlar oilasidan nafratlanib kelgan. Ular amerikalik milliarderlar oilasini klub infrastrukturasini rivojlantirmaslikda ayblab kelardi. Gleyzerlar aslida nafaqat klub uchun, balki ayrim yirik transferlar uchun ham sarf-xarajatdan qochgan yoki ularni mensishmagan. Quyida "MYU" tomonidan e’tiborga olinmagan bir nechta top-futbolchilar bilan qaytadan tanishasiz.

David Vilya

Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshu to‘purar, o‘zining gullagan davrlarini "Valensiya"da o‘tkazdi. Garchand, gol mashinasiga aylangan bo‘lsada, Vilya 5 mavsum davomida "Mestalya"da qoldi. U 2011 yilda "Barselona"ga qo‘shildi. Hujumchi o‘zini sotib olmagan "MYU"ga qarshi YECHL finalida gol urishga erishdi. Chunki bir mavsum avval Vilya, aynan mankunianliklar safiga o‘tishi mumkin edi.

Uesli Sneyder

Sneyderga "Real" qiziqa boshlaydi. Ammo u 2009 yilda "Inter"ni tanlaydi. Sobiq Niderlandiya terma jamoasi a’zosi u yerda katta shuhrat qozondi. 2011 yilda uni "MYU" sotib olmoqchi bo‘ladi. Ammo Sneyder uchun so‘ralgan 35 million funtlik miqdor ingliz klubiga ko‘plik qiladi. Aniqrog‘i, "MYU"dagilar Sneyderni 35 millionga arzimaydi deb hisoblashadi.

Mesut O‘zil

Fergyuson O‘zilni "Verder Bremen" jamoasidagi o‘yinlaridan tanigan. Unga e’tibor bera boshlagan. Ammo Ser Aleks Gleyzerlarni O‘zilni sotib olishga ko‘ndira olmaydi. Shu sabab nemis yarim himoyachisi "Real"ga yo‘l oladi.

Serxio Aguero

Aguero "Atletiko" safida barchaning ko‘ziga yosh va umidli futbolchi sifatida ko‘rina boshlaydi. Bu taxminlar o‘zini oqlagan. Argentinalik uchun ilk xaridorlardan biri aynan "MYU" edi. Ammo Fergyuson jamoasi uchun Aguero evaziga so‘ralgan narx og‘irlik qilardi. Aniqroq qilib aytsak, Gleyzerlar yosh hujumchi uchun katta pul sarflagisi kelmagan. O‘sha paytda u 35 million funtga baholangan.

Eden Azar

"Lill" safidagi fantastik mavsumdan keyin, hammaning e’tibori Azarga qadaladi. Belgiyalikka "MYU" va "Manchester Siti" eng katta da’vogar edi. Ammo yakunda hammaning ko‘zini shamg‘alat qilib, "Chelsi" yosh vingerni manchesterliklar changalidan yulqib oladi. Azar transferi londonliklarga o‘shanda 34 millionga tushgan. "MYU" esa Azarni 34 millionlik futbolchi sifatida ko‘rmagan. Ammo hujumchi bunga arzirdi. U "Chelsi" bilan 2 marta APL chempioni bo‘ldi. 2 marta YEL g‘olibiga aylandi.

Pedro

Anxel Di Mariyaga bog‘langan umidlar so‘ngach, "MYU" yana bir qanot hujumchisi sotib olishi kerak edi. Lui Van Gal o‘shanda rahbariyatga Pedroni taklif qiladi. Ammo Pedroning 23 millionlik tovon puli klub uchun o‘ta ko‘pdek tuyulgan. Ular ko‘pi bilan ispaniyalik uchun 17 million to‘lashini bildirishadi. Bunday fikrda bo‘lmagan Roman Abramovich esa, otni qamchilab, Pedroni sotib oladi. Pedro "Chelsi" bilan APL va Yevropa ligasida chempion bo‘ldi. 5 mavsum davomida "Aristokratlar"ning 43 ta goli Pedro tomonidan urildi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:28, 24.11.2022.
O'qildi: 9263 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.