Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida finali doirasida dastlabki kun janglari bo‘lib o‘tdi.
Yigitlar o‘rtasiagi 57kg. vazndagi sportchimiz Baxtiyor Asadov oltin medal uchun meksikalik Ezekyel Kebreraga qarshi ringga ko‘tarildi.
Murosasiz kechgan jangda hamyurtimiz g‘alaba qozondi — 5:0 (29:28, 29:28, 29:28, 29:28, 29:28).
Eslatib o‘tamiz, kecha Gulsevar G‘aniyeva ham jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Bugun yana 6 nafar hamyurtimiz final janglarida ishtirok etishadi.
26 noyabr:
-67 kg: Javohir Ummataliyev - Nurbek Mursal (Qozog‘iston) (22:15 dan so‘ng)
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev - Levante Gemes (Vengriya) (22:45 dan so‘ng)
-70 kg: Aziza Zokirova - Veronika Nakota (Ukraina) (23:00 dan so‘ng)
-75 kg: To‘rabek Habibullayev - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) (23:15 dan so‘ng)
-80 kg: Rahmatillo Boymatov - Mikita Zasenok (Ukraina) (23:30 dan so‘ng)
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Amber Moss (Angliya) (00:10 dan so‘ng)