Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida finali doirasida ikkinchi kun janglari bo‘lib o‘tmoqda.
Ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida finalgacha yetib kelgan Aziza Zokirova oltin medal uchun ukrainalik Veronika Nakotaga qarshi jang o‘tkazdi va ajoyib jangda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Zokirova delegasiyamiz hisobida dastlabki kumush medalni qo‘lga kiritdi. Avvalroq 4 bokschimiz jahon chempionini unvonini qo‘lga kiritishgandi.