Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Mundiallardan chetda qolganlar

Mundiallardan chetda qolganlar

Baho:
+ | -

Yaqin Sharq uchun debyut maqomidagi JCH Rossiya terma jamoasining ishtirokisiz o‘tmoqda. FIFA bu terma jamoaning mundialda qatnashishiga ruxsat bermadi

Bu JCHlari tarixidagi dastlabki taqiq emas. «SE»ning quyidagi materiali futbolga daxli bo‘lmagan sabablar tufayli turnirda qatnasha olmagan terma jamoalar haqida.

Ispaniya va JCH-1938

Ispaniya FIFAning taqiqiga binoan JCHdan chetda qolgan dastlabki terma jamoa bo‘ldi. Fransiyada bo‘lib o‘tgan turnir esa Ikkinchi jahon urushidan avvalgi so‘nggi mundial bo‘ldi. 1938 yilda Ispaniyada fuqarolar urushi boshlangan va 1 yildan keyin nihoyasiga yetgandi. JCH-1938 futbol tarixidan o‘ziga xos mundial sifatida joy oldi:

1)  unda hammasi bo‘lib 15ta terma jamoa ishtirok etdi (Avstriya Germaniya tarkibiga qo‘shib olgani bois, u Shvesiyaga qarshi maydonga tusha olmadi;

2)  Janubiy Amerika terma jamoalari JCHga boykot e’lon qildilar (Braziliya va Kuba bundan mustasno);

3)  Navbatdagi mundial 12 yildan keyin, 1950 yilda bo‘lib o‘tdi.


Germaniya va Yaponiya - JCH-1950

FIFA Ikkinchi jahon urushida etganliklari uchun Germaniya va Yaponiyani 1950 yil mundialidan chetlatgandi. Harbiy mojaro tufayli 1942 va 1946 yillarda JCHlari o‘tkazilmadi. E’tiborli jihati shundaki, Braziliya mundialida qatnashmaganliklari uchun FIFA Italiya va Avstriya terma jamoalarini jazolamadi. Nemislar keyingi JCHda ishtirok etishdi, yaponlar esa 1988 yilga qadar mundiallardan chetda qoldilar.


JAR, Kongo, Filippin va  Gvatemala - JCH-1966

1963 yilda FIFA JARni a’zolik huquqidan mahrum etgandi. Bunga mamlakatdagi aparteid tuzumi sabab bo‘lgandi. Angliya mundialida ham Afrika vakili ishtirok etmadi. Shuningdek, yana 3 mamlakat - Filippin (badal pulini to‘lamagani uchun), Kongo (arizani o‘z vaqtida jo‘natmagani uchun) va Gvatemala (belgilangan muddatda tayyor bo‘lmagan uchun) terma jamoalari turnirda qatnasha olmadilar. JCH-1966 musobaqa mezbonlari - inglizlarning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Ana shu muvaffaqiyat futbol ixtirochilari uchun hamon yagona bo‘lib qolmoqda.


Sobiq Ittifoq - JCH-1974 saralashi

SSSR terma jamoasi 1974 yildagi JCHning saralash uchrashuvidan diskvalifikasiya qilingan. O‘shanda sobiq Ittifoq terma jamoasiga mundialning final bosqichi yo‘llanmasi uchun Chiliga qarshi javob uchrashuvida texnik mag‘lubiyat e’lon qilingan. Jamoalarning Moskvada bo‘lib o‘tgan dastlabki bellashuvida hisob ochilmagandi.

Javob uchrashuvidan 1 oy avval Chilida Augusto Pinochet rahbarligida harbiy to‘ntarish amalga oshirilgan, uchrashuvga mo‘ljallangan «Nasyonal» stadioni qamoqxonaga aylantirilgandi. SSSR terma jamoasi o‘yinni neytral maydonga ko‘chirishga urinib ko‘rdi, lekin FIFA bilan ijobiy yechimni topa olmadi.


Eron - JCH-1986

Iroqqa qarshi urush boshlanganidan keyin 1986 yilga qadar FIFA Eronni JCHlaridan mahrum etdi. Lekin Iroq saralash bellashuvlarida qatnashishni davom ettirdi, hatto final bosqichiga chiqishni ham uddaladi. Ma’lumki, bu 2 mamlakat o‘rtasidagi harbiy mojaro Iroqning Eron hududiga bostirib kirishi bilan boshlangandi.

Meksikadagi 1986 yil mundialida ilk marta muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlaydigan «to‘lqin»ni namoyish etdilar, afsonaviy Diyego Maradonaning «ilohiy qo‘l» yordamida amalga oshirgan goli esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.

Chili va Meksika - JCH-1990

Italiya mezbonligida o‘tgan mundial Chili terma jamoasining ishtirokisiz o‘tdi. Chunki turnirning saralash bosqichi doirasidagi Braziliyaga qarshi bahsda (2:0) Chili darvozaboni Roberto Roxas mug‘ambirlik ishlatib, maydonga yotib olgan va maydonni tark etgandi. O‘sha pallada braziliyalik muxlislar pirotexnika vositalaridan foydalanishgani oqibatida jarima maydonchasi tutun bilan qoplangan, Rozmari de Melo ismli muxlisa hatto «raketnisa» otishga ham jur’at etgandi. Vaziyatdan foydalangan darvozabon qo‘lqopi ichidan olmosni olib, peshonasini kesgan va yotib olgandi.

O‘yindan keyin Chili g‘alabani da’vo qildi. Biroq surishtiruv ishlaridan keyin Roxasning ayyorligi isbotlangach, uni futboldan umrbod diskvalifikasiya qilishdi, jamoani esa JCHda qatnashish huquqidan mahrum etishdi.

Meksika terma jamoasi ikkinchi jabrdiydaga aylandi. Avvalgi mundial mezboni yoshlar terma jamoasidagi qalbakilik uchun jazolandi. Ma’lum bo‘lishicha, mutasaddilar bir nafar futbolchining haqiqiy yoshini yashirganlar, jazoni esa asosiy jamoa olgan.


Liviya va Yugoslaviya - JCH-1994

Yugoslaviya terma jamoasi xalqaro sanksiyalar tufayli AQSH mundialining saralash musobaqalarida ishtirok eta olmagan - o‘sha paytda uning hududida urush bo‘layotgandi.

Liviya terma jamoasi ham shunga o‘xshash vaziyatga tushib qolgandi. Bu mamlakat Amerikaning terrorizm homiylari ro‘yxatidan joy olgani sababli, JCHdan mahrum etilgan.


Bruney va JCH-2014

Bu terma jamoaning Braziliyadagi JCHdan chetda qolishiga mamlakat hukumatining milliy FF ishlariga aralashuvi sabab bo‘ldi. 2008 yilda Bruney hukumati barcha rahbarlarni iste’foga chiqarib, yangi nomzodlarni tayinlagan, 2009 yilda FIFA uni a’zolik huquqidan mahrum etgandi.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 27.11.2022.
O'qildi: 2154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.