Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Yaponiya yana bir sensasiyani amalga oshiradimi? Bunga superkompyuter nima deydi?

Yaponiya yana bir sensasiyani amalga oshiradimi? Bunga superkompyuter nima deydi?

Baho:
+ | -

5 dekabr kuni jahon chempionatining 1/8 final bosqichining navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Yaponiya terma jamoasi Xorvatiya termasi bilan, Braziliya esa Janubiy Koreya bilan kurash olib boradi. Five Thirty Eight superkompyuteri g‘oliblarni bashorat qildi. Kompyuter jamoalarning hujum va mudofaadagi kuchini aks ettiruvchi Soccer Power Index deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi.

Yaponiya - Xorvatiya

Superkompyuterga ko‘ra, kunning birinchi o‘yinida muxlislar taxminan teng o‘yin kutishmoqda. Biroq biroz ustunlik hamon Xorvatiya terma jamoasi tomonida: 54% yaponiyaliklar uchun 46%. Xorvatlar turnirda hali birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishmagan, biroq ular ikki marta (Marokash va Belgiya terma jamoalari bilan) 0:0 o‘ynab, Kanadani 4:1 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqishdi. Yaponiya terma jamoasi, aksincha, 2-turda Kosta-Rikaga imkoniyatni boy berdi, ammo Germaniya va Ispaniya ustidan qozonilgan shov-shuvli g‘alabalar osiyoliklarga birinchi o‘rinda 1/8 finalga chiqish imkonini berdi.

Braziliya - Janubiy Koreya

Bu juftlikda yaqqol favorit bor va u kutilganidek Braziliya terma jamoasi bo‘lib chiqdi. Superkompyuterga ko‘ra, “pentakampeon”larning chorak finalga chiqish imkoniyati 83 foiz, janubiy koreyaliklarda esa atigi 17 foiz. Braziliyaliklar guruh bosqichining dastlabki ikki turda ikkita g‘alabaga erishib (Serbiya va Shveysariya mag‘lubiyatga uchragan) mundialda muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Guruh bosqichining 3-turida Kamerunga 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat ularni ikkinchi o‘ringa tushirib yubormadi. Ammo Janubiy Koreya termasi so‘nggi daqiqada o‘z guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu Portugaliya terma jamoasi bilan hal qiluvchi o‘yinning qo‘shib berilgan vaqtida sodir bo‘ldi va yakunda ular 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Oldingi bashoratlar amalga oshdimi?

4 dekabr kuni 1/8 finalning quyidagi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi: Fransiya - Polsha va Angliya - Senegal. Birinchi juftlikda superkompyuter jamoalarning imkoniyatlarini mos ravishda 81% va 19%, ikkinchisida esa 68% va 32% deb baholadi. Fransiya terma jamoasi polshaliklarni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, inglizlar Afrika termasini 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Shunday qilib, superkompyuterning ikkala bashorati ham amalga oshdi. Avvalroq Argentinaning Avstraliya bilan, Niderlandiyaning AQSH bilan o‘yinlari uchun to‘g‘ri bashorat qilingan edi.

1/8 final o‘yinlari taqvimi 5 dekabr

20:00. Yaponiya - Xorvatiya

00:00. Braziliya - Janubiy Koreya.

Kiritildi: 09:23, 05.12.2022.
O'qildi: 8159 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.