Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Mundiallar hangomalari

Mundiallar hangomalari

Baho:
+ | -

To‘rt yillikning bosh turniri bo‘lgan JCHlari nafaqat futbol muxlislari, balki tashkilotchilardan tortib, barcha ishtirokchilar uchun ham o‘ta hayajonli musobaqa bo‘lgani sababli, turli voqealarga boy bo‘ladi.

Masalan, Qatar mundialiga puxta tayyorgarlik ko‘rgan Gana terma jamoasi Doxaga futbolkalarsiz tashrif buyurdi. Aniqrog‘i, jamoa ma’muri liboslarni olishni unutib qo‘ygandi. Quyidagi material mundiallar tarixidagi ajabtovur voqealar haqida.

JCH-1930. Finalga  polisiya kuzatuvida

Dastlabki mundialning final uchrashuvi Urugvay va Argentina terma jamoalari o‘rtasida o‘tishi ma’lum bo‘lgach, ko‘pchilik hakamlar chempionlik taqdirini hal qiladigan o‘yinni boshqarish mas’uliyatini o‘z zimmalariga olishga jur’at eta olmadilar. Biroq Jon Langenus anchayin dovyurak hakam edi. Uchrashuv boshlanishi arafasida stadionga yo‘l olgan Langenus polisiya tomonidan to‘xtatib qolindi. Sababi, bir guruh muxlislar qalbaki hakam guvohnomalari yordamida stadionga kirishga urinishgan, Jon ularga qo‘shilib qolgandi.

Stadion ichidagilarni esa ishtirokchilar orasida bosh hakamning ko‘rinmayotgani hayron qoldirgandi. Lekin oradan muayyan vaqt o‘tgach, polisiya vakillari Langenusni stadionga olib kelishdi.

Bellashuv musobaqa mezboni - Urugvay terma jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagach, argentinalik darg‘azab muxlislar bosh hakam istiqomat qilayotgan mehmonxonani toshbo‘ron qilishdi. Xayriyatki, dastlabki finalning bosh hakamiga hech qanday zarar yetmadi.

JCH-1938. Noqulay, lekin samarali penalti

Bu mundialda afsonaviy Juzeppe Meassa o‘yin paytida noqulay holatga tushib qolgandi. Aniqrog‘i, Braziliya terma jamoasiga qarshi yarim final bahsida Italiya termasi sardori shortigining rezinasi uzilib ketgandi. Ayni o‘sha pallada hakam Braziliya darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilaydi. Meassa uzoq o‘ylab o‘tirmay, zarbani o‘zi amalga oshirishga qaror qildi. Chunki g‘alaba uning jamoasiga final yo‘llanmasini berardi. Faqat sardor qo‘llari bilan shortni ushlagan holda to‘pga yaqinlashdi va gol urdi. Keyin esa golni ... ichki libosda nishonladi.

Finalda Italiya Vengriyani 4:2 hisobida mahv etdi. Qizig‘i, 3-o‘rin taqdirini hal qilgan Braziliya - Shvesiya bellashuvi ham 4:2 hisobi bilan nihoyasiga yetgan.

JCH-1962. Grivzdan  Garrinchaga sovg‘a

Mazkur qiziq voqea ham Braziliya terma jamoasi ishtirokida yuz bergan, bu gal jamoa chorak finalda Angliyaga qarshi to‘p surgandi. O‘yin paytida to‘satdan maydonda qora kuchuk paydo bo‘ldi. Braziliyalik o‘yinchilar uni tuta olmadilar, Jimmi Grivz esa tizzalab o‘tirgancha, kuchukni o‘ziga chaqira boshladi. Jonivor chorlovni eshitib, uning yoniga keldi. Jimmi kuchukni qo‘liga olib erkaladi va stadion xizmatchisiga topshirdi. Raqibining to‘rt oyoqli jonivor ko‘rsatgan mehribonchiligidan to‘lqinlangan braziliyalik afsona Garrincha o‘yindan keyin kuchukni o‘z qaramog‘iga olishga qaror qildi.

JCH-1982. «Hokimning hukmi vojib»

So‘nggi JCH mezboniga qo‘shni bo‘lmish Quvayt terma jamoasi bundan roppa-rossa 40 yil avval o‘zining salbiy xislati bilan shov-shuv ko‘targandi. 3:1 hisobida Fransiya foydasiga hal bo‘layotgan bahsda fransuzlar 4-golni urishgach, quvaytlik futbolchilar shovqin ko‘tardilar. Go‘yoki, ular hakamning hushtagini eshitishmagan va to‘p bilan darvoza tomon yo‘l olgan Alen Jiressga qarshilik ko‘rsatishmagan.

Sobiq Ittifoqdan kelgan arbitr Stupar golni hisobga olgan, lekin shu payt Quvayt shayxi o‘z soqchilari kuzatuvida maydonga tushgan va hakam oldiga ultimatum qo‘ygan: «Golni bekor qilasan yoki Quvayt maydonni tark etadi». 10 daqiqalik tortishuvdan keyin, hakam golni bekor qilgan. Keyin Fransiya biribir 4-golni urishga muvaffaq bo‘ldi, hakamni esa o‘yindan keyin diskvalifikasiya qilishdi: «Men agar Quvayt maydonni tark etsa, yanada kuchliroq janjal bo‘ladi, deb o‘yladim va fransuzlarning sof golini hisobga olmadim».

JCH-1990. Linekerdan majburiy odobsizlik

Angliya-Irlandiya uchrashuvida Gari Linekerni oshqozoni bezovta qilib, tanaffus vaqtini u hojatxonada o‘tkazishga majbur bo‘lgandi. Lekin aynan o‘sha vaqtda u 2-bo‘limda maydonni tark etmaslik ilojini o‘ylab topgan ekan.

Tanaffusdan keyin hujumchi o‘yinni davom ettirdi, faqat to‘psiz qolganida vaqti-vaqti bilan tizzalab o‘tirib olardi. Ko‘pchilik muxlislar uning nima qilayotganini tushuna olmadilar, sharh­lovchilar esa Garining harakatlarini kuchuk o‘tirishiga qiyosladilar. Oradan yillar o‘tgach, Lineker jumboqqa oydinlik kiritdi: «O‘sha kuni yomg‘ir yog‘ayotgan, maydonda ko‘lmaklar ko‘p edi. Men zarur paytda ular ustida o‘tirib, tabiiy ehtiyojimni qondirib olardim».

Ha, Garining o‘sha holatiga havas qilib bo‘lmaydi. Umid qilamizki, yog‘ingarchilikdan yiroq bo‘lgan Qatarda Lineker holiga tushib qolgan o‘yinchilar bo‘lmaydi.

JCH-1994. Beparvolik oqibati

Hozirda barcha o‘yinlarda qo‘llanib kelinayotgan o‘yinchi almashtirish qoidasi AQSH mundialida ilk marta sinab ko‘rilgandi. Biroq Meksika-Irlandiya uchrashuvida ana shu qoidaga to‘liq amal qilinmadi: murabbiy Jek Charlton tegishli hujjatni to‘ldirib, FIFA delegatiga berdi, ammo delegat uni 4-hakamga yetkazib bermadi. Natijada maydonni tark etishi lozim bo‘lgan o‘yinchi zaxira o‘rindig‘iga o‘tdi, ammo uning o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan jamoadoshi maydonga tushirilmadi. Shu sababli Oldrij kamera ro‘parasida hakamni haqorat qildi. Keyinchalik futbolchi o‘sha lahzada o‘z asablarini jilovlay olmaganini tan oldi. Bir ozdan so‘ng, u maydonga tushdi, hatto gol urishga ham ulgurdi. Biroq o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi. E’tiborli jihati, o‘sha epizod uchun FIFA vakilini tan­qid qilgan murabbiy disk­valifikasiya bilan «siylandi», Oldrij esa jazolanmadi.

JCH-2006. Xatoliklar tufayli finaldan  mahrum bo‘lgan hakam

Tajribali arbitrlardan biri bo‘lgan Grem Poll Xorvatiya-Avstraliya uchrashuvini talab darajasida boshqara olmadi, o‘yin tizginini boy bergani bois, to‘xtalishlar ko‘p bo‘ldi, futbolchilarni asossiz tarzda jazolayverdi. 90-daqiqada Shimunich 2-sariq kartochkani olgan bo‘lsada, 1-jazoni unutib qo‘ygan referi uni maydondan chetlatmadi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan himoyachi qo‘shimcha vaqtda 3-marta qo‘pol o‘ynadi va sariqlar qizilga aylandi. Poll esa finalni boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi.

JCH-2018. Hangomalarga boy mundial

Bevosita maydonda yuz bergan ajabtovur voqeaga to‘xtalsak, Angliyadan to‘p o‘tkazib yuborgan Panama futbolchilari raqib o‘yinchilari golni nishonlayotgan paytda Pikford darvozasini ishg‘ol etishga urinishgan, hakam ularni to‘xtatib qolgandi.

Muxlislar o‘rtasida shaharlarni adashtirish oqibatida o‘z terma jamoalari o‘yinlariga yetib bora olmaganlar ko‘p bo‘ldi. Meksikalik Xavyerni ma’shuqasi Rossiyaga qo‘yib yubormagach, do‘stlari hazillashib qizga uning kartondan yasalgan nusxasini sovg‘a qilishgan ekan. Braziliyalik Tomer Savoyya rus tilida ayrim iboralarni o‘zlashtirib qo‘shiqlarni yozib olgan, yakunda fuqarolikni so‘ragan ekan.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:29, 06.12.2022.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.