Belgiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines Ispaniya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi.
Ispanlar JCH-2022 1/8 finalida Marokashga imkoniyatni boy berib, turnirdan chiqib ketishdi (asosiy vaqtda 0:0, penaltilar seriyasida 0:3).
Belgiya o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab, turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi Martinesni «qizil furiya» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri deb hisoblamoqda.