"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger JCH-2022 chorak finali doirasida bo‘lib o‘tadigan Angliya - Fransiya uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Fransiya jamoasi o‘sish uchun salohiyatga ega, ular turnirning boshqa ishtirokchilariga qaraganda yuqoriroq. Garchi Angliya bu komponentda juda yaqin bo‘lsa-da. Inglizlar ajoyib o‘rta chiziqqa ega. Shunday ekan, Qatarda Desham shogirdlariga birinchi jiddiy raqib aynan Angliya hisoblanadi. Men bu o‘yinni erta final, deb bilaman", - deydi sobiq murabbiy.