Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Barchani o‘ziga jalb qilgan Endrik klubini tanlab bo‘lgan, u kumiri ortidan ergashadi

Barchani o‘ziga jalb qilgan Endrik klubini tanlab bo‘lgan, u kumiri ortidan ergashadi

Baho:
+ | -

Hamma jahon chempionati haqida gapirayotgan bir paytda Ispaniyada shov-shuvli transfer amalga oshishi mumkin. 16 yoshli Endrik uchun Yevropaning ko‘plab top klublari, jumladan, «Barselona», «PSJ» va «Chelsi» ham kurashga qo‘shilgan, ammo futbolchi «Real»ni tanladi. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, u ispanlarga 72 million yevroga tushadi, shundan 60 million yevro «Palmeyras»ga tovon puli, yana 12 million yevro esa boshqa to‘lovlar uchun yo‘naltiriladi.

Braziliyalik futbolchi 2024 yilning yozida, 18 yoshga to‘lgan payti «Real»ga o‘tadi. Ungacha u «Palmeyras»da o‘ynashda davom etadi. «Real» bilan shartnoma 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Kelishuv keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ushbu transfer yo‘lida boshqa klublarning imkoniyatlari qanday?

Endrikning otasi shu yilning noyabr oyida «Real Madrid» bazasiga tashrif buyurish rejalari haqida gapirdi, ammo hujumchini baribir boshqa jamoalar o‘ziga og‘dirib olmoqchi bo‘lgandek tuyuldi. Sky Sports jurnalistining ta’kidlashicha, Endrikni «Manchester Yunayted» seleksionerlari bir necha bor kuzatib borgan. «Barselona» bosh murabbiyi Xavi bu futbolchiga muhtoj ekanini ochiq aytdi va kataloniyaliklar u va uning otasi bilan muzokara olib borishgani ma’lum bo‘ldi. O Globo xabariga ko‘ra, «PSJ» Endrik uchun 50 million yevro to‘labgina qolmay, 15 yoshli Estevinyo uchun yana 30 million yevro berishni rejalashtirgan.

Biroq yosh hujumchi «Real»ga o‘tadi. Ko‘rinib turibdiki, bunda klubning bosh skauti Huni Kalafatning xizmati katta bo‘lgan. U Madridga o‘tish zarurligi bo‘yicha futbolchilarni va ularning ota-onalarini maksimal darajada ishontiradi. U bu borada katta tajribaga ega. Aynan Kalafat Vinisius va Valverdeni «Real»ni tanlashga ko‘ndirgan. Rodrigo esa umuman 13 yoshidayoq «qaymoqranglilar» bilan kelishuvga erishgan. U shuningdek, «Real Madrid» prezidenti Peresni Matteys de Ligtni emas, balki Militaoni sotib olishga ko‘ndirgan.

Endrikning «Real»ga o‘tishiga yana bir sabab, Krishtianu Ronalduga bo‘lgan havasdir. Endrikning otasi bir intervyusida shunday deydi: «O‘g‘lim menga Krishtianu kabi bo‘lishni xohlashini aytgan. U maqolalarni o‘qigan va Ronalduda tatuirovka yo‘qligini biladi, chunki u qon topshiradi. Endrik xuddi Krishtianu kabi qiyinchiliklar bilan yashadi. U futbol qadrini tushunadi», - dedi futbolchining otasi. U gollarining birini Ronaldu uslubida ham nishonladi.

U endigina 16 yoshda va allaqachon kattalar darajasida gol urmoqda. Yaqinda u «Palmeyras»da o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh, 2 oy 15 kun). Ko‘p o‘tmay (2022 yil oktyabr oyida) u Braziliya chempionatida gol urdi va 1978 yildan beri ushbu ligada gol urgan eng yosh o‘yinchiga aylandi.

Endrik chapaqay. U «Palmeyras» bilan Braziliya chempionligini qo‘lga kiritgan, biroq o‘sha payti juda ham yosh bo‘lgani sababli mazkur tituldagi xizmatlari unchalik muhim bo‘lmagan. U mavsum oxirida, jamoa «Internasional» va «Fluminense»dan o‘zib chiqqan paytda maydonga tusha boshladi. U «Atletiko Paranayense»ga qarshi bahsda jamoasi imkoniyatni boy berayotgan payti (0:1) maydonga tushib, yakunda dublga erishdi.

Endrik allaqachon Braziliya chempionatining to‘laqonli yulduziga aylangan. Uning nomi muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va ikki millionga yaqin obunachilari mavjud. U yaqinda Braziliya terma jamoasiga taklif oldi. Asosiysiga emas - U-20, lekin 16 yoshli o‘smir uchun bu yomon natija emas.

Kiritildi: 19:25, 09.12.2022.
O'qildi: 4173 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.