Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Xorvatiya Braziliyani JCHdan chiqarib yuborib, yarim finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Qatardagi jahon chempionatining chorak final bosqichidan o‘rin olgan ilk uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. Musobaqa g‘olibligi uchun eng asosiy da’vogar hisoblanayotgan Braziliya terma jamoasi o‘z yurishini bugun to‘xtatdi.

Pentakampeonlar Xorvatiyaga qarshi o‘yinda yaqqol ustunlikka ega bo‘lishmada, ammo vaqti-vaqti bilan xavfli vaziyatlar yuzaga keltirib turdi. Yevropaliklar posboni Dominik Livakovich esa o‘yin qahramoniga aylandi. U o‘yin davomida 10ta seyv namoyish etdi (shundan 5tasi goldan qutqaruvchi seyv).

O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, navbat qo‘shimcha bo‘limlarga berildi. Ekstra-taymlarning birinchisi yakunlanish arafasida Braziliya chiroyli hujum tashkil qilib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Neymar yo‘l-yo‘lakay jamoadoshlari bilan ikki marta "devor" o‘ynadi va jarima maydoniga kirib, darvozabonni ham aldab o‘tgancha bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!

Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchi tugashiga 3 daqiqa qolganida esa Xorvatiya hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Jarima maydoniga qanotdan yetkazilgan uzatmaga Petkovich 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. Zarba muvaffaqiyatli chiqmadi, ammo burchakka borgan zarbani Alisson qaytara olmadi.

Penaltilar seriyasida Livakovich bitta zarbani qaytargan bo‘lsa, braziliyaliklarning bir zarbasi ustunga tegib qaytdi. Alisson esa birorta zarbani qaytara olmadi. Penaltilar seriyasida hisob — 4:2. Xorvatiya — yarim finalda!

JCH-2022. Chorak final
Xorvatiya – Braziliya 1:1 (0:0, 0:0, 0:1, 1:0), penaltilar seriyasi - 4:2
Gollar: 0:1 – 105 Neymar, 1:1 – 116 Petkovich.
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modrich, Kovachich (Mayer, 105), Brozovich (Orshich, 114), Perishich, Pashalich (Vlashich, 72), Kramarich (Petkovich, 72).
Braziliya – Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinyos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Risharlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinisius Junior (Rodrigo, 64).
Ogohlantirishlar: Danilo (25), Brozovich (31), Kazemiro (68), Markinyos (77), Petkovich (117).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:59, 09.12.2022.
O'qildi: 2715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик