Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Messi Niderlandiyaga qarshi o‘yindan keyin Van Gal bilan tortishib qoldi

Messi Niderlandiyaga qarshi o‘yindan keyin Van Gal bilan tortishib qoldi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi JCH-2022 1/4 finali o‘yinidan so‘ng Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal bilan tortishib qoldi.

Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng 35 yoshli hujumchi Niderlandiya zaxira o‘rindig‘iga yugurib bordi va raqib terma jamoasi ustozi bilan baland ohangda gaplashdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilikning mohiyati hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida durang bilan yakunlangandi. Penaltilar seriyasida argentinaliklar Niderlandiyani 4:3 hisobida mag‘lub etishdi.

Argentina terma jamoasi jahon chempionatining yarim finaliga chiqish uchun Xorvatiya bilan bellashadi. Zlatko Dalich shogirdlari Braziliyani nokautga uchratib, syurpriz qilishdi.

Kiritildi: 11:11, 10.12.2022.
O'qildi: 9758 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик