"Chelsi" himoyachisi jamoa bilan to‘liq shug‘ullana boshladi. "Aristokratlar"ning rasmiy sayti angliyalik futbolchining tizzasidagi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgani haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi doirasidagi "Milan"ga qarshi o‘yindagi jarohatidan so‘ng Jeyms jarohat olgandi. Futbolchi operasiyaga rozi bo‘lishi va uzoqroq muddatni o‘tkazib yuborishi mumkin edi, ammo yakunda u bu variantni rad etdi.
Jeyms bu mavsumda Premyer-ligada bir gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi yaqinda "Chelsi" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.