Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlison terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatini tark etganidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hozir men yig‘lamoqchiman. Men hech kimni ko‘rishni xohlamayman. Bu turnirda g‘alaba qozona olmaganimiz achinarli. Braziliyadan umidlar katta edi, ammo bizga yana omad kulib boqmadi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Globo Esporte.
Braziliya terma jamoasi JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga imkoniyatni boy berdi (1:1, 2:4 - penaltilar seriyasi). Turnirning yarim finalida xorvatlar Argentina bilan kuch sinashadi.