Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Garet Sautgeytning terma jamoa bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Umid qilamanki, u qoladi. U o‘ziga xos bir narsa qurayotganga o‘xshaydi. Butun dunyoda bu jamoaga katta hurmat bilan qarashadi”, - deb yozdi Lineker ijtimoiy tarmoqlarida.
Sautgeyt terma jamoani 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. O‘shandan beri Yevro-2020 finali terma jamoa boshqaruvidagi 52 yoshli mutaxassisning eng yuqori yutug‘i bo‘ldi. Murabbiyning Angliya futbol assosiasiyasi bilan shartnomasi 2024 yilning dekabr oyi oxirigacha amal qiladi.