Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Vahshiy mundial. Jahon chempionatlaridagi o‘zgacha sensasiyalar

Vahshiy mundial. Jahon chempionatlaridagi o‘zgacha sensasiyalar

Baho:
+ | -

Xorvatlarning muvaffaqiyatini Moskvadagi final tufayli tushuntirish osonroq, garchi pley-offning birinchi bosqichida, boshqacharoq to‘qnashuvni kutgan bo‘lsakda. Ispaniya va Germaniyaning guruhdan chiqishini Yaponiyadan ko‘ra ko‘proq kutishgan edi. Braziliyaga qarshi esa Xorvatiya mutlaq autsayder edilar. Mahorat va xarakteri bor ammo, autsayder hisoblangan jmoalarning yarim finalga yetib kelishi kutilmagan holat. Ammo Xorvatiya va Marokashning potensial finalini "futbolning degradasiyasi" deb atasak, adashamiz. Ayniqsa, bu jamoalarning uslubini "avtobus" deb atashning o‘zi katta xato. Chunki, 100 foiz himoyada turadigan jamoa va vaziyatlar bo‘lishi bilan hujumga chiqib gol ura oladigan uslub bu umuman avtobus emas. Futbolda natijani eslab qolishadi. Yarim finalda xorvatlar va ayniqsa, marokashliklarning paydo bo‘lishi katta syurpriz bo‘lsada, jahon chempionati tarixida bunday xolatlar doim kuzatilgan. 

Jahon chempionati 2018. Ispaniya va Braziliyaning o‘rnida Xorvatiya 

Modrich boshchiligidagi jamoa vaqti-vaqti bilan tarixni qayta yozdi. Ammo Rossiyada Dalich jamoasining muvaffaqiyatidan tashqari ko‘plab kutilmagan hodisalar bo‘ldi. Nemislar guruhda oxirgi o‘rinni egallashdi. Rossiya Ispaniyani mag‘lub etdi. Xorvatiya finalga chiqdi, ammo braziliyaliklar yarim finalga ham yetib kela olmagan edi – ular o‘sha kuni Kurtuasi bor Belgiyani taslim eta olishmagandi. 

Jahon chempionati 2014. Ispaniya va Portugaliyasiz pley-off

Braziliyadagi mundialda ko‘plab favoritlar guruhlardan chiqa olmadi. Nemislar finalda Messini mag‘lub etgan turnir "futbolning degradasiyasi" bo‘lganmi? Braziliya Chili bilan penaltilar seriyasigacha borgan. Jazoir nemislarga bosh og‘riq bo‘lib, qo‘shimcha taymni ham o‘yngan. Kuchli sakkizlikdan Kosta-Rika, bu yili saralashdan o‘ta olmagan Kolumbiya ham bor edi. Darvoqe, Braziliyadagi mundial guruhlarida nafaqat portugallar, italyanlar, angliyaliklar va ispanlargina emas, xorvatlar ham o‘z yurishlarni tugatgan edi. 

Jahon chempionati 2010. Urugvay sensasiyasi, Italiya va Fransiya omadsizligi

Janubiy Afrikada esa sobiq jahon va Yevropa chempionlari bo‘lmish fransuz va italiyaliklar guruhlarda so‘nggi o‘rinni egalladi. Pley-offda Urugvay, Janubiy Koreya, Gana, AQSH, Slovakiya, Yaponiya va Paragvay terma jamoalari ishtirok etishdi. Ro‘yxatdagi so‘nggilar deyarli bo‘lajak chempion - Ispaniyaga qarshi o‘ynashdi. Urugvay esa avvaliga koreyaliklarni, keyin esa Ganani aynan o‘sha o‘yinda Luis Suaresning "qahramonlik"lari bilan ortda qoldirdi. O‘n ikki yil o‘tgach, hikoyaning davomi bor edi. Afrikaliklar Lotin amerikaliklarini o‘zlari bilan birga guruhda qolib ketishiga sababchi bo‘ldi. 

Jahon chempionati 2002. Kuchli to‘rtlikda Janubiy Koreya va Turkiya

Osiyodagi chempionat sensasiyalarga boy bo‘lib chiqdi. 2002 yilda oldindan aytib bo‘lmaydiganlik apofeozi sodir bo‘ldi. Futbolda takroriy holatlar bo‘lmagani uchun, hakamlik haqida gapiradigan bo‘lsak, bu turnir eng ko‘p norozilikka sabab bo‘lgan edi. Janubiy Koreya yarim finalga chiqdi va favoritlar uylariga yo‘l olishdi. 2002 yilgi jahon chempionatida ular greklar keyinchalik Yevropa chempionatida qo‘llaydigan tendensiyani o‘rnatdilar - uyushgan autsayder favoritdan unga nisbatan kam baho berdi. Senegal ham Fransiya bilan ham shunday qildi. Afrikaliklar yarim finalga allaqachon bir qadam qolgandi, ammo Turkiyaga imkoniyatni boy berishdi. 

Davom etayotgan mundialda Modrich, Messi, Mbappe va Ziyesh medallar uchun kurashadi va finalning har qanday konfigurasiyasi ahamiyatli bo‘ladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:05, 12.12.2022.
O'qildi: 4168 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.