Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Superkompyuter Argentina va Fransiya finalini bashorat qildi. Bunga Marokash nima deydi?

Superkompyuter Argentina va Fransiya finalini bashorat qildi. Bunga Marokash nima deydi?

Baho:
+ | -

14 dekabr kuni Qatarda jahon chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Kilian Mbappe, Olivye Jiru, Antuan Grizmann kabi yulduzlar o‘ynaydigan Fransiya terma jamoasi ushbu jahon chempionatining asosiy sensasiyasi bo‘lgan Marokash termasi bilan o‘ynaydi. Afrika termasi beshta o‘yinda faqat bitta gol o‘tkazib yubordi! Five Thirty Eight superkompyuteri yarim final g‘olibini bashorat qildi. Kompyuter jamoalarning hujum va mudofaadagi kuchini aks ettiruvchi Soccer Power Index deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi va o‘yinga o‘ziga xos baho beradi.

Chorak finalda Marokash terma jamoasi sensasion tarzda Portugaliyani mag‘lub etdi - 1: 0. Yagona gol 42-daqiqada Yusuf En-Nesiri tomonidan kiritildi, unga Yahyo Attiyat yordam berdi. Krishtianu Ronaldu ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol ura olmagani hammaga ma’lum.

Fransuzlar 1/4 finaldagi o‘yinda inglizlarni mag‘lub etishdi - 2:1. Amaldagi jahon chempionlari safida Aureliyen Tchuameni va Olivye Jiru gol urishdi, ikkalasiga ham Antuan Grizmann golli uzatma berdi. Inglizlar goliga 11 metrlik zarbani golga aylantirgan Xarri Keyn mualliflik qildi. Ammo 84-daqiqada o‘sha Keyn ikkinchi penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Superkompyuterga ko‘ra, Fransiyaning finalga chiqish imkoniyati ko‘proq – Marokash uchun 34 foizga qarshi 66 foiz.

Tarix

Tarixda ilk bor jahon chempionati yarim finaliga chiqqan va shu tariqa Afrika rekordini yangilagan Marokash terma jamoasi jahon chempionatida Fransiya bilan hech qachon to‘qnash kelmagan “Uch ranglilar”ga kelsak, bu ularning 1/2 finaldagi yettinchi ishtiroki bo‘ladi. 1958 yilda fransuzlar 17 yoshli Pele boshchiligidagi Braziliya termasiga mag‘lub bo‘lishdi (2:5), 1982 yilda Germaniya jamoasiga yutqazishdi (3:3, 4:5 pen.), 1986 yilda yana Germaniyaga mag‘lub bo‘lishdi (0:2), 1998 yilda Xorvatiyani (2:1), 2006 yilda Luish Figu va 21 yoshli Krishtianu Ronaldu bilan Portugaliyani (1:0), 2018 yilda esa Belgiyani mag‘lub etishdi ( 1:0).

Birinchi yarim final haqidagi bashorat amalga oshdimi?

Avvalroq superkompyuter Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi birinchi yarim final o‘yini uchun bashorat bergan edi. U jamoalarning imkoniyatlarini mos ravishda 64% va 36% deb baholadi. Lionel Messi boshchiligidagi argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan finalga yo‘l olishdi; Xorvatiyaliklar 17 dekabr kuni uchinchi o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishadi. Shunday qilib, mashinaning bashorati amalga oshdi.

Tarixda Fransiyaning bir muddat mustamlakasi bo‘lgan marokashliklar bugun o‘sha davrlar uchun o‘ch olisharmikan. Buni 14 dekabr soat 00:00da boshlanadigan o‘yinda bilib olamiz..

Kiritildi: 12:05, 14.12.2022.
O'qildi: 7297 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.