Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi. Kecha kunning birinchi yarmida ayollar, ikkinchi yarmida esa erkaklar o‘rtasidagi barcha final janglari o‘tkazildi.
Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, -51 kg vazn toifasi finalida aka-uka Hasanboy va Faryozbek Do‘smatovlar to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq hakamlar yarim final jangini qayta ko‘rib chiqishgach, Faryozbek diskvalifikasiya qilindi va oltin medal akasi Hasanboy Do‘smatovga nasib etdi.
Shuningdek, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Nodirjon Mirzaahmedov, Mirazizbek Mirzahalilov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullojonov kabi bokschilar o‘z vazn toifalarida yana bir bor oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Dilshod Ro‘zmetov esa finalda Odiljon Aslonovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining barcha g‘olib va sovrindorlari:
-48 kg:
1. Farzona Fozilova (Buxoro)
2. Saidaxon Rahmonova (Andijon)
3. Marjona Savriyeva (Buxoro)
3. Gavharoy Rasulova (Farg‘ona)
-50 kg:
1. Aziza Yoqubova (Andijon)
2. Sabina Boboqulova (Buxoro)
3. Laylo Hamidova (Andijon)
3. Diana To‘rabekova (Toshkent vil.)
-52 kg:
1. Feruza Kazakova (Toshkent vil.)
2. Nozimaxon Bulturova (Andijon)
3. Shahloxon Sodiqova (Farg‘ona)
3. Munavvar Fozilova (Namangan)
-54 kg:
1. Nigina O‘ktamova (Samarqand)
2. Muxlisa Xushvaqtova (Jizzax)
3. Rayhona Pozilova (Andijon)
3. Xumorabonu Mamajonova (Farg‘ona)
-57 kg:
1. Sitora Turdibekova (Samarqand)
2. Mahliyo Habibullayeva (Jizzax)
3. Kumush Nurliyeva (Surxondaryo)
3. Dinora Nabiva (Toshkent vil.)
-60 kg:
1. Rashida Tagirova (Qoraqalpog‘iston)
2. Rayhona Qodirova (Qashqadaryo)
3. Mohinabonu Abdullayeva (Farg‘ona)
3. Dilfuza Bekova (Surxondaryo)
-63 kg:
1. Xadichabonu Abdullayeva (Jizzax)
2. Ziyoda Yarashova (Buxoro)
3. Mahliyoxon Hasanova (Farg‘ona)
3. Shahnoza Qidirbayeva (Qoraqalpog‘iston)
-66 kg:
1. Navbahor Hamidova (Farg‘ona)
2. Shahnozaxon Qodirova (Toshkent sh.)
3. Marjona Eshboyeva (Jizzax)
3. Oydin Qurbonova (Toshkent vil.)
-70 kg:
1. Mavluda Mavlonova (Qashqadaryo)
2. Aziza Zokirova (Jizzax)
3. Aziza Do‘smatova (Toshkent sh.)
3. Dilorom Najimova (Toshkent sh.)
-75 kg:
1. Sohiba Ro‘zmetova (Xorazm)
2. Mashhura Solinboyeva (Jizzax)
3. Shohsanam Turg‘unboyeva (Namangan)
3. Jibek Zaydullayeva (Qoraqalpog‘iston)
-81 kg:
1. Sahobat Husanova (Jizzax)
2. Mumtozbegim Qosimova (Namangan)
3. Madina Normatova (Jizzax)
3. Muxlisa To‘lqinova (Namangan)
+81 kg:
1. Dildora Saydullayeva (Navoiy)
2. Xadichabonu Ergasheva (Namangan)
3. Mohira Abdullayeva (Farg‘ona)
3. Mehribon Qahriddinova (Jizzax)
Erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari:
-48 kg:
1. Nodirjon Mirzaahmedov (Toshkent sh.)
2. Shodiyor Meliqo‘ziyev (Farg‘ona)
3. Asilbek Jalilov (Buxoro)
3. Doniyor Bekmurodov (Buxoro)
-51 kg:
1. Hasanboy Do‘smatov (Andijon)
3. Abdumajid Mannopov (Farg‘ona)
3. Muhammadqodir Mamirjonov (Toshkent vil.)
-54 kg:
1. Shahzod Muzaffarov (Buxoro)
2. Oybek Jo‘rayev (Toshkent vil.)
3. Shahbozbek Tolibjonov (Andijon)
3. Sanjar Vahobov (Toshkent vil.)
-57 kg:
1. Mirazizbek Mirzahalilov (Farg‘ona)
2. Samandar Xolmurodov (Jizzax)
3. Ayubxon Baxtiyorov (Andijon)
3. Mirzabek Mirzahalilov (Farg‘ona)
-60 kg:
1. Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo)
2. Aydos Tagaybayev (Toshkent vil.)
3. Kamronbek Eshmatov (Andijon)
3. Shunqorbek Abdurasulov (Toshkent vil.)
-63.5 kg:
1. Mujibullo Tursunov (Andijon)
2. Sulaymon Latipov (Buxoro)
3. Murod Aliyev (Samarqand)
3. Shahboz Yunusaliyev (Toshkent vil.)
-67 kg:
1. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (Farg‘ona)
2. Bekzod Hamidov (Buxoro)
3. Javlonbek Yo‘ldoshev (Andijon)
3. Jahongir Ibodullayev (Navoiy)
-71 kg:
1. Nurislom Ismoilov (Farg‘ona)
2. Baxtiyorjon G‘ofurov (ROPSTTM)
3. Kamron Turg‘unboyev (Toshkent sh.)
3. Kamron Shukurjonov (Yoshlar TJ)
-75 kg:
1. A’loxon Abdullayev (Namangan)
2. Abdulaziz Abdupattayev (Andijon)
3. Login Petrov (Navoiy)
3. Hojiakbar Qodirxonov (Toshkent sh.)
-80 kg:
1. Odil Aslonov (Buxoro)
2. Dilshodbek Ro‘zmetov (Xorazm)
3. Jasurbek Yo‘ldoshev (Namangan)
3. Shoyadbek Xoldorov (Yoshlar TJ)
-86 kg:
1. Shohjahon Abdullayev (ROPSTTM)
2. Temurxon Sobirov (Farg‘ona)
3. Samandar Jalolov (Surxondaryo)
3. Jo‘rabek Toshtemirov (Toshkent vil.)
-92 kg:
1. Sanjar Tursunov (Surxondaryo)
2. Nusratbek Tohirov (ROPSTTM)
3. Amirshoh Samadov (Buxoro)
3. Nurmuhammad Ahmedov (Surxondaryo)
+92 kg:
1. Lazizbek Mullojonov (Farg‘ona)
2. Jahongir Zokirov (Jizzax)
3. Shohjahon Abdullayev (Andijon)
3. Abdurahim Jo‘rayev (Toshkent vil.)