Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Portugaliyani boshqarishi mumkin

Baho:
+ | -

Ruy Vitoriya Portugaliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Esporte ao Minuto nashri xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis Portugaliya futbol federasiyasi (FPF) tomonidan tuzilgan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga davogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirda Misr terma jamoasi bilan ishlayotgan Vitoriya FPF rahbari Fernando Gomesh bilan yaqin munosabatlarga ega. Qolaversa, Ruyning xislatlari federasiya talablariga javob beradi – u katta tajribaga ega, u kuboklarni qo‘lga kiritgan, boshqa mamlakatlarda ham, Portugaliyada ham ishlagan.

Qayd etilishicha, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida Vitoriyadan tashqari Jorje Jezus, Ruy Jorje, Paulu Bentu, Karlush Keyrush, Paulo Souza va Joze Mourinyo ham bor.

Portugaliya JCH-2022dan chorak final bosqichida Marokashga yutqazib (0:1), turnirni tark etdi. Fernandu Santush yaqin kunlarda terma jamoa bosh murabbiyligidan ketishi kutilmoqda.

 

Kiritildi: 16:54, 15.12.2022.
O'qildi: 1530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик