Braziliya terma jamoasi rahbariyati "Real Madrid" ustozi Karlo Anchelotti terma jamoani boshqarishini istamoqda. Braziliyaliklar JCH-2022ni tark etgach, Tite o‘z lavozimini tark etdi.
TNT Sports xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederasiyasi Karlo Anchelotti uchun yozgacha kutishga tayyor. Mutaxassis 2022/23 yilgi mavsum yakunida kelajagi borasida bir qarorga keladi.
Braziliya terma jamoasi Xorvatiyaga chorak finalda penaltilar seriyasida yutqazib, jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.