Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Superliga ishtirokchilari sonini qanday holatda oshirish mumkin?

Superliga ishtirokchilari sonini qanday holatda oshirish mumkin?

Baho:
+ | -

Superliga va Pro liga o‘rtasidagi sport prinsipi o‘ta muhim masala. Bugungi O‘zPFL mazkur ikki liga o‘rtasidagi sport printsipining buzilishini yoqlayotgan har qanday mutaxassisni futbol va uning yaxlitligini hurmat qilishga chaqiradi. Shuningdek, bunday mavzularda fikr berishdan avval lisenziyalash talablari va professional futbol klubi maqomi haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhim deb hisoblaydi.

Superligada klublar sonining oshirilishi bir necha shaxs fikriga ko‘ra rejasiz amalga oshmasligi va u tabiiy jarayonlar asosida avvaldan rejalashtirilishi lozim. So‘nggi bor sport printsiplarining buzilishi 2019 yilgi mavsumda ro‘y berdi va bu hozirgacha milliy chempionat uchun foyda keltirmadi. Oqibatda avvalgi intriga qaytishi uchun yana 3 yil kerak bo‘ldi. Biroq o‘yinlar sonini ko‘paytirishga hozirgacha erisha olmadik.

Tabiiy jarayon deganda aynan nima nazarda tutiladi? Bunda asosan uch jihatga e’tibor qaratish lozim:

— davlat va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalar tomonidan moliyalashtirilayotgan futbol klublarining kamayib borishi va aksincha, xususiy klublarning ko‘payishi;

— iqtisodiy qiyinchiliklar bilan yashaydigan klublarning kamayib borishi va barqaror faoliyat ko‘rsatadigan klublar sonining oshishi;

— oddiy futbol jamoalarining lisenziyalash talablari asosida chin ma’noda professional futbol klublariga aylanib borishi hamda bunday klublar soni minimum 20 tani tashkil etishi.

O‘zPFL bu borada aniq reja asosida ishlab kelmoqda. Quyida yuqoridagi uch masala bugunga kelib qay holatda ekaniga e’tibor qaratamiz.

Futbol klublari qanday moliyalashtirilmoqda?

2022 yilgi mavsumda Superliga hamda Pro ligada umumiy 24 ta klub ishtirok etdi. Shular orasidan 17 tasi davlat va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalar tomonidan moliyalashtirib kelinmoqda. Superliganing 1 ta hamda Pro liganing 6 ta klubi xususiy sektor tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi belgilangandi. Afsuski, mana shu 7 klubning 4 tasida jiddiy iqtisodiy muammolar yuzaga keldi. Bunda uncha yoqimli bo‘lmagan bir jihat bor: xususiy futbol klublari yuqoridagi 17 ta klub bilan raqobatlashishda jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5887-Farmoni bilan tasdiqlangan kontsepsiyaga ko‘ra, davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik korxona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tib borishi lozim. Demak, har bir shunday futbol klubi o‘zining uzoq yillik aniq rejasiga ega bo‘lishi muhim. Ammo barcha futbol klublarida ham holat bunday emas. Bu holatda Superligaga qo‘shimcha yana 2 ta aniq maqsadlarsiz klubni qo‘shish amalda hech qanday foyda keltirmaydi. O‘zbekiston futboli bunday tajribalarni bir necha bor boshidan kechirgan va ular amalda kutilgan natija bermagan.

So‘nggi uch yilda O‘zPFL xususiy futbol klublarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qator ishlarni amalga oshirdi. Shundan kelib chiqib, «Turon», «Andijon», «Yangiyer», «Andijon SGS», «Yunired», «Do‘stlik Toshkent» kabi futbol jamoalari, BMB, «Oil star», TTG, «Qangli» kabi futzal jamoalari musobaqalarga qo‘shildi. Ular safi yanada kengayishi, xususiy sektor sportga kirib kelishi uchun futbol tadbirkorga o‘zaro manfaatli mexanizm taklif eta olishi kerak. Ayni holatda esa xususiy klublarda baribir muammolar mavjud. Oddiy misol — «Andijon» yoki «Yangiyer» futbol klublari.

Futbol klublari iqtisodiy barqarormi?

Ko‘plab klublar hisob raqamlari qarzdorlik hisobiga kartoteka holatiga tushib turadi. 2022 yilning 17 dekabr holatiga ko‘ra Superliganing 7 ta va Pro liganing 6 ta klubida qarzdorlik mavjud. Bunday sharoitda Superliga klublari sonini yanada ko‘paytirishdan ko‘ra, har jabhada barqaror faoliyat olib boradigan klublarga ega bo‘lish Liga uchun birlamchi vazifa hisoblanadi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev 2018 yilda har birida 12 tadan klub bor bo‘lgan va formati bir-biridan farq qilmaydigan 2 ta liga g‘oyasini shu sabablardan kelib chiqib ilgari surgandi. Chunki bizdagi mavjud iqtisodiy holat ko‘prog‘iga imkon bermaydi. Shunday bo‘lsada, Ijroiya qo‘mita hamda futbol klublari fikri inobatga olinib, Superligada 14 ta klub ishtirok etyapti. Ya’ni, O‘zPFL rahbariyati 12 talik format loyihasini qo‘llayotgan bo‘lsada, bu borada tashkilot o‘z Ijroiya qo‘mitasi a’zolarining umumiy fikrini ham inobatga olyapti.

Professional futbol klubi nima?

2020 yildan boshlab O‘zPFL Superliga hamda Pro liga o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish printsipi bilan ishladi. Ketma-ket ikki mavsum Pro liga jamoalari o‘tish o‘yinida Superliga klublarini mag‘lub eta oldi. Rejaga ko‘ra, 2024 yildan boshlab har ikki ligada faqatgina professional futbol klublari to‘p surishi, yarim professional futbol klublari esa toki barcha talablarni amalga oshirguniga qadar Birinchi ligada ishtirok etishi lozim. Bu qanday amalga oshmoqda?

O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan ayrim futbol klublarining nomlanishi professional atamasi bilan bog‘lansada, 2022 yilga kelib bizda professional klub mezonlariga javob bera oladigan 12 ta futbol klub bor ekanligini qayd etish kerak. 2019 yilda bunday klublar soni 6 tani, 2020 yilda 7 tani tashkil qilgan. Aniq maqsadlar evaziga OFK lisenziyasini qo‘lga kirita oladigan darajadagi klublar sonini oshib boryapti va mana shu aniq raqamlardan ham bilish mumkinki, bizda Superligada o‘ynay oladigan 16 ta klubning o‘zi yo‘q. Hattoki, barcha infrastrukturaga ega bo‘lgan «Nasaf» futbol klubi ham e’tiborsizlik, talabsizlik oqibatida ketma-ket 3 yil OFK lisenziyasiga ega chiqa olmagani ma’lum. So‘nggi ikki yildagi islohotlar sabab esa «Nasaf» va nihoyat 2021 yil lisenziyani qo‘lga kiritdi.

O‘zPFL prognozlariga ko‘ra, 2023 yilning iyun oyiga kelib professional futbol klublari soni kamida 16 tani tashkil qilishi kerak. Masalaning murakkab tomoni shundaki, mazkur klublar nafaqat professionalga aylanishi, balki bu maqomini barqaror bir necha yil saqlab turishi darkor. O‘zbekistonda mana shunday futbol klublari soni 20 tadan kam bo‘lmasa va ular kamida 2 yil talab qilingan suratda faoliyat ko‘rsatsa, biz Superliga ishtirokchilari sonini oshirish yuzasidan aniq takliflar kiritishga tayyormiz. Unga qadar esa bu mavzuga qaytish mantiqli emas deb hisoblaymiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:36, 17.12.2022.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.