Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Marsinyak bahsli vaziyatlarda adashdi, penaltiga yaqin qarorlarda mas’uliyatliroq bo‘lish kerak edi...

Marsinyak bahsli vaziyatlarda adashdi, penaltiga yaqin qarorlarda mas’uliyatliroq bo‘lish kerak edi...

Baho:
+1 | -1

JCH-2022 final uchrashuvi Shimon Marsinyak boshchiligidagi hakamlar brigadasining to‘g‘ri va bahsli qarorlar qabul qilgan epizodlariga boy bo‘ldi. Quyida ularni ko‘rib chiqamiz.

Dembelening foli uchun 11 metrlik zarba

21-daqiqada Shimon Marsinyak hech ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi va shu tariqa Usmon Dembeleni jazoladi. Fransuz o‘z jarima maydonchasi ichida ehtiyotkorlikni unutib, oyog‘i bilan Anxel Di Mariyaning oyog‘iga engil zarba berdi. Argentinalik futbolchining yiqilishi uchun ikkita teginish kifoya qildi xolos va hakam qoida buzilishini qayd etdi. Marsinyak o‘sha payti VARdagi Tomash Kvyatkovskining qaroriga qarshi chiqmadi - u o‘z kuchida qoldi. O‘yindan keyin fransuzlar bu penaltiga rozi bo‘lmagani aniq. Biroq, penaltining bahsliligiga qaramay, FIFA hakamlar qo‘mitasi raisi Perludji Kollina va FIFA hakamlar bo‘limi boshlig‘i Massimo Buzakka polshalik hakam tomonida bo‘ladi, deb taxmin qilinyapti.

Otamendining qo‘polligi uchun 11 metrlik zarba

79-daqiqada Marsinyak endi asosiy epizodda to‘g‘ri qaror qabul qildi: u 11 metrlik zarbani to‘g‘ri belgilab, Nikolas Otamendini o‘z jarima maydonchasida qoida buzgani uchun jazoladi. Argentinalik himoyachi Randal Kolo Muanini blokka solib, o‘ng oyog‘iga tepdi. Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin — Marsinyak argentinaliklarga yon bosdimi? Chunki u argentinalikka intizomiy jazo qo‘llamadi. Hakam voqea joyidan ancha uzoqda edi va bor imkoniyatini ishga solib, 11 metrlik belgini ko‘rsatdi va bu qarori bilan to‘g‘ri taxmin qildi. Ammo u Otamendi to‘p o‘ynashga harakat qildi deganda ham, hech bo‘lmaganda ogohlantirish berishga majbur edi. Agar hakam bu qo‘pollikda qo‘lni ushlab turish yoki to‘pga o‘ynamaganlik holatini aniqlasa, argentinalik futbolchi maydondan chetlatilishi kerak edi, biroq u sariq kartochkaga ham loyiq ko‘rilmadi. Axir u raqibni gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilgandi.

Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda uning videoyordamchisi Kvyatkovski Marsinyakka bu haqda aytgandi. VAR o‘yinchilarning maydonda bir-biriga nisbatan qanday joylashishganini ko‘rdi va himoyachining harakatini raqibni gol urish imkoniyatidan mahrum qilish deb baholashi kerak edi, chunki Kolo Muani to‘pni egallab oldi va birga-bir vaziyatga yugurib chiqdi.

87-daqiqada esa Marsinyak argentinaliklar darvozasiga 11 metrlik zarbani belgilamadi. U Markus Tyuramga simulyasiya uchun ogohlantirish berdi. Hakamning maydondagi joylashuvi unchalik yaxshi emasdi, lekin u fransuzga nisbatan hech kim qoidabuzarlik qilmaganini ishonch bilan aytdi. Vaholangki, bu vaziyat penaltiga tortar edi.

109-daqiqada hakamlar brigadasi argentinaliklarning hujumi chog‘ida o‘yinchilardan birining ofsayd holatini aniqlamay, LionelMessining golini to‘g‘ri deb hisobladi. Hakamlar hukmining haqqoniyligi yarim avtomatik ofsaydni aniqlash texnologiyasi yordamida tasdiqlandi.

Yugurish vaqtida fransiyalik himoyachi raqibdan ko‘ra darvoza chizig‘iga yaqinroq edi. Bundan tashqari, kompyuter o‘zining beshinchi nuqta pozisiyasini hisobga oldi, masalan, qo‘l bu yerda futbol o‘ynash va gol urish uchun ishlatilmaydigan holatda turibdi.

Montiyelning qo‘polligi uchun penalti belgilandi

116-daqiqada Marsinyak janubiy amerikaliklarni 11 metrlik zarba bilan to‘g‘ri jazoladi. Hakam yaxshi holatda edi va Kilian Mbappening zarbasini Gonsalo Montiyel qo‘lini cho‘zgan holda qaytarganini ko‘rdi. Bunday harakatlar qoida buzilishi sifatida baholanadi va agar qoidabuzarlik jarima maydonchasida sodir bo‘lsa, penalti bilan jazolanadi.

Kiritildi: 10:04, 19.12.2022.
O'qildi: 5488 marta.
Fikrlar: 56 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.