Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

FIFA-2026. Keyingi Jahon chempionati qanday tarzda o‘tishi kerak?

FIFA-2026. Keyingi Jahon chempionati qanday tarzda o‘tishi kerak?

Baho:
+ | -

Navbatdagi munidalni ham tarixga aylantirdik. Dohaning baland-baland binolari, rang-barang stadionlari va ko‘zni quvotiruvchi manzarasi, endilikda, futbol tarixining bir qismiga aylandi. Ochig‘ini aytganda, ko‘plar kabi tashkilotchi FIFA ham Qatardagi mundialga qo‘l siltashdan boshi osmonda. Negaki, bu chempionat eng yaxshisi bo‘lish bilan bir qatorda, eng ko‘p tanqidlarga uchragani ham bo‘ldi. Shunday ekan, endi kelajakni o‘ylash kerak. Omma uchun to‘rt yildan keyin bo‘ladigan navbatdagi turnir haqida bosh qotirish payti keldi. Xo‘sh, 2026 yilgi Jahon chempionati qanday o‘tadi?

Kelasi munidal naq uchta davlatda tashkillashtiriladi, qanaqadir birgina shaharda emas. Bu degani, to‘rtta vaqt mintaqasiga bo‘lingan 16 ta stadion va millionlab mil masofani anglatadi. Biz yaqin kelajakda, 1998 yildan beri o‘zimiz ko‘rib o‘rganib qolgan 32 ta jamoani emas, balki 48 ta termani qarshi olishimizga to‘g‘ri keladi. Jamoalar sonining ko‘payishi Afrika, Osiyo va Amerika mintaqalaridan ko‘proq termalarga joy bo‘lishini bildiradi. Shuningdek, Okeaniya mintaqasiga kafolatlangan bitta joy taqdim etiladi. O‘yinlar soni ham mos ravishda ko‘proq, 104 ta bo‘ladi va 33 kun davom etadi. Bularning bari tarixda ilk marta yuz beradi. Hammasi yaxshikuya, lekin o‘ziga yarasha muammoli taraflari ham bor-da!


Masalan, guruhlar ko‘payganidan keyin 32 ta jamoa qatnashayotgandagi odatiy ssenariylar ishlamay qo‘yadi. Pley-offga qanday chiqiladi? Eng oddiy variant 12 guruhdan ikkita jamoa va yana 8 ta eng yaxshi uchinchi o‘rin egalarini olib chiqib, 1/32 bosqichini shakllantirishdir. Boshqalar geografik farqlarni inobatga olgan holda, turnirni "g‘arb" va "sharq" mintaqalariga bo‘lib o‘tkazishni taklif qilmoqda.
48 ta jamoa ishtiroki ko‘zlanayotgan turnirda kunlik o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinlar sonini ham belgilab olish kerak bo‘ladi. Masalan, Qatarda guruh bahslari kuniga to‘rttadan o‘tkazilib, umumiy turnir davomiyligi 29 kunga qisqartirildi. 2026 yilgi JCH 33 kunga mo‘ljallanmoqda. Yevropaning katta klublari FIFAga bosim qilib, turnir cho‘zilib ketmasligini talab qilmoqda. Shu sababli muammolarga intensiv yechim izlash kerak.

Vanihoyat, so‘nggi muammoga yetib keldik. Bu — vaqt masalasi. Ma’lumki, FIFA mundial o‘yinlarini jahonning qaysi mintaqasida ko‘p tomosha qilinishiga qarab, vaqtini belgilaydi. Aniqrog‘i, Yevropaga qarab. AQSHning sharqiy qirg‘og‘idagi shaharlar Angliyadan besh soat orqada yuradi. Eng g‘arbiy shaharlar esa sakkiz soatga kechroq. Bordi-yu, Torontoda kunning ilk o‘yini tush vaqtida start olsa, bu davrda Buyuk Britaniyada soat ertalabki 5 bo‘ladi. Aynan shu tufayli Yevropadagi yirik teletranslasiya qiluvchilar o‘yinlarni ertaroq boshlanishi tarafdori bo‘lib turibdi. Shimoliy va Janubiy Amerikaliklar esa buni xohlashmaydi. Turnir o‘tkaziladigan shaharlar orasidagi masofaning uzoqligi ham noqulayliklar keltirib chiqaradi. Muammolar esa Janni Infantino va uning jamoasi tomonidan hal qilinishi kerak.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:58, 20.12.2022.
O'qildi: 4780 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик