Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Bu avlod bilan biz dunyoni lol qoldiramiz!» — Marokash terma jamoasi afsonasi

«Bu avlod bilan biz dunyoni lol qoldiramiz!» — Marokash terma jamoasi afsonasi

Baho:
+ | -

Mustafo Xadji - Marokash futboli tarixidagi ramziy futbolchi. U milliy terma jamoada 11 yil (1993 yildan 2004 yilgacha) o‘ynagan va ikkita jahon chempionatida ishtirok etgan - 1994 va 1998 yillarda. U Sport Ekspress nashriga bergan eksklyuziv intervyusida jahon chempionati yarim finaligacha yetib kelgan Marokash terma jamoasining fenomenini tushuntirdi.

«Xorvatiyaliklar shohsupaga qaytishdi. Ammo Marokash uchun bu jahon chempionatini qahramonlikka aylandi deyish mumkin. Bu avlod bilan biz dunyoni lol qoldiramiz!», deydi Xadji.

- Marokashning uchinchi o‘rin uchun bahsdagi o‘yini sizda qanday taassurot qoldirdi?

Bundan biroz hafsalamiz pir bo‘ldi. Afsuski, ko‘plab jarohatlar yig‘ilib qolgandi - jamoa Xorvatiya bilan o‘yinni umuman nominal markaziy himoyachilarsiz yakunladi. Lekin bu turnirda futbolchilar maksimal darajada harakat qilishdi va bor kuchlarini berib o‘ynadi. Belgiya, Ispaniya, Portugaliyadan o‘tishimizni hech kim kutmagandi. Marokash terma jamoasi o‘zini butun dunyoga e’lon qildi! Muvaffaqiyatimiz siri oddiy - kiyim almashtirish xonasida oilaviy muhit hukm surdi. Futbolchilar bir maqsad yo‘lida birlashib, maydonda ham, maydon tashqarisida ham bir-biriga yordam berishdi.

Albatta, bronza medallarini qo‘lga kiritishni xohlaganman. Lekin, yana, jarohatlar ta’siri... Bu barchada sodir bo‘ladi. Yigitlar hali zo‘r formada, xarakter ko‘rsatishdi. Shu bilan birga, Marokash termasining 80 foizini yoshlar tashkil etishi muhim jihat. Bu jamoaning kelajagi haqida gapiradi. Shunday avlod bilan biz dunyoni ostin-ustun qilishga qodirmiz!

- 1998 yilgi jahon chempionatida Marokash qahramoni bo‘lgansiz. O‘sha jamoa bilan bu jamoani solishtirish mumkinmi?

- Ularni bir-biriga yordam beruvchi mustahkam oila birlashtirib turibdi. Qatarda xorvatlar bilan bo‘lgan ilk o‘yindayoq xuddi shunday holatga guvoh bo‘ldim.

Albatta, Volid Regragini hurmat qilishimiz kerak - aynan u Ziyeshni, Mazrauini terma jamoaga qaytargan. U o‘ziga xos o‘yin uslubini singdirdi va futbolchilarni murabbiyni hurmat qilishga o‘rgatdi. To‘g‘ri, uning obro‘si unchalik ham kuchli bo‘lmasligi mumkin, biroq natija barchasini isbotladi. U yigitlar uchun katta akadek bo‘lib qoldi!

Yana bir muvaffaqiyat omili - muxlislar. Qatarda muxlislarimiz yaratgan muhitni oldin hech qachon ko‘rmaganman. Bu aql bovar qilmas narsa! Bizda yaxshi jamoa bor, lekin o‘ylaymanki, muxlislar barcha ishni uddalashdi: aynan ular Marokashni yarim finalga tortib chiqarishdi.

- Fransiya bilan o‘yin oldidan finalga chiqishingizga ishondingizmi?

Albatta ishondik! Ayniqsa, Belgiya, Xorvatiya, Ispaniya, Portugaliya ustidan qozonilgan g‘alabalarni ko‘rgan bo‘lsangiz, saviyamizga shubha qilmaysiz. Biz Fransiya bilan ko‘p bora to‘qnash kelganmiz, shu bois bu jamoa bizga begona emas. Ularning uslubi biroz biznikiga o‘xshab ketadi.

Mag‘lubiyatga uchraganimiz achinarli. Agar Fransiya darvozasiga tezkor gol urmasangiz, bu juda qiyin bo‘ladi. O‘shanda ular hali ham amaldagi jahon chempioni edilar va motivasiyasi ancha yuqori edi. Shunga qaramay, biz juda obro‘li ko‘rindik va ularga ko‘p muammolarni keltirib chiqardik. Mening fikrimcha, Marokash terma jamoasi fransuzlar uchun dahshatli tushga aylandi, bizni kamsitmaslik kerakligini hamma tushundi. Qatardan boshimizni baland ko‘tarib ketamiz. Biz ishlashda davom etishimiz va keyingi jahon chempionatiga qadar tayyor bo‘lishimiz kerak.

- Krishtianu Ronalduni musobaqadan chiqarib yuborganingiz haqida nima deya olasiz?

U har qanday holatda ham eng buyuk futbolchi bo‘lib qoladi. Ronaldu uchun afsusdaman - bu turdagi odamlarning yig‘lashini ko‘rish har doim ham og‘ir bo‘lgan. Men uni futbolchi sifatida hurmat qilaman! Ha, Krishtianuning termadagi faoliyati yakuni qayg‘uli bo‘lib chiqdi.

- Marokashdagi har bir o‘yindan so‘ng barcha muxlislar g‘alati harakatlar va noodatiy tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Bu haqidagi fikrlaringiz?

Marokashda ikkita din bor: Islom va futbol. Bunga odatiy hol sifatida qarash kerak. Biz qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar vatanimizni sevamiz. Biz Marokashning istalgan vakilining har bir muvaffaqiyatini nishonlaymiz, xoh u tennischi, xoh futbolchi bo‘lsin. Qolgani muhim emas!

Ispaniyada, Fransiyada ko‘chaga chiqib, g‘alabalarni nishonlagan ko‘plab tanishlarim bor. Lekin biz hech qachon tajovuzkorlik ko‘rsatmaganmiz, boshqa davlat vakillarini hamisha hurmat qilganmiz. Misol uchun, men Fransiyada o‘sganman va agar biz ularni yarim finalda mag‘lub qilsak, men bu muvaffaqiyatdan rohatlanaman.

Belgiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlarda Marokashning jahon chempionatidagi g‘alabalaridan xursand bo‘lgan vatandoshlarimizni ko‘rish juda yoqimli. Ha, yoqimsiz voqealar bo‘lgan - biz hammamiz insonmiz va ba’zida ayrim narsalarni kechirish kerak.

- Navbatdagi jahon chempionati uchta davlatda bo‘lib o‘tadi: AQSH, Meksika va Kanada...

- Men 1994 yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim - u yerda ajoyib taassurotlar qolgan! Qatarda amerikaliklar, kanadaliklar va meksikaliklar yaxshi ishtirok etishdi. Ularning jamoalarini kuzatish yoqimli bo‘ldi. Navbatdagi jahon chempionatiga kelsak, to‘liq ishonch bilan ayta olamanki, Marokash terma jamoasi Qatardagi muvaffaqiyatini takrorlashni maqsad qilgan va hozirdanoq JCH-2026 yo‘llanmasini maqsad qilib qo‘ygan», — deydi Xadji.

Kiritildi: 19:09, 20.12.2022.
O'qildi: 1567 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.