Portugaliya futbol federasiyasi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash borasida kelishuvga erishmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio.
Manba bergan xabarga ko‘ra, so‘nggi bir necha soat ichida terma jamoa rahbariyati 59 yoshli murabbiy bilan muzokaralar olib bormoqda va tezkor javob berishni talab qilmoqda. Qayd etilishicha, Mourinyo terma jamoani boshqarishga rozi bo‘lsa, federasiya “Roma” bilan kelishib olishi kerak bo‘lib, u ham terma jamoadagi, ham klubdagi o‘rinlarni birlashtirishiga to‘g‘ri keladi.
Mourinyo bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzod, Portugaliya U21 termasini boshqaradigan Ruy Jorje esa ustuvor variant sifatida ko‘rilmagan.
JCH-2022dan so‘ng Fernandu Santush Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Jahon chempionatida Portugaliya 1/4 finalga qadar yetib bordi.