Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hamma narsaga tayyor armiya. Argentina chempion bo‘lishining 8 sababi

Hamma narsaga tayyor armiya. Argentina chempion bo‘lishining 8 sababi

Baho:
+ | -

Argentina Qatarda o‘tgan mundialda Jahon chempioni bo‘ldi. Jamoa bu yo‘lda ancha mashaqqat chekdi. Omadsiz staartdan so‘ng ularni favoritlar qatoridan chiqarib yuborganlar ham talaygina edi. Ammo Skaloni shogirdlari o‘zlarini o‘nglab oldi va o‘yindan o‘yinga kuchliroq bo‘lib kelaverdi. Albatta ularning tengsiz bo‘lishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lgan voqelik emas. Ularning chempion bo‘lishida qaysidir "figuralar" rol o‘ynadi. Quyida Argentinani tengsiz qilgan sabablar haqida gaplashamiz.

Lionel Skalonining taktik moslashuvchanligi

Argentina terma jamoasi hech qachon turnirda ketma-ket ikki o‘yinda bir xil tarkib bilan o‘ynamadi. Murabbiy Skaloni doimo raqibga moslashib, uni puxta o‘rganib bordi. 44 yoshli mutaxassis ixtiyorida 3 ta yuqori toifali markaziy himoyachi bor edi va ularning barchasi atigi bir o‘yinda birgalikda maydonga tushdi, Niderlandiyayaga qarshi o‘yinni eslash kifoya. Himoyaning chap qanotida Talyafiko va Akunya navbatma-navbat o‘ynadi, Paredes esa musobaqani yarim himoya markazida boshladi, ammo turnir davomida uni Enso Fernandes raqobatda yengdi va u turnirning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. Asosiy markaziy hujumchi Lautaro Martines edi, u deyarli ikkinchi Gonsalo Iguainga aylandi, ammo Alvaresning borligi va Skaloni qarori antiqaxramonlikdan saqlab qoldi.

Qabul qilingan kadrlar qarorlari argentinaliklar uchun burilish nuqtasiga aylandi

Butun turnir davomida Skaloni o‘z tarkibida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan o‘sha "tishlar"ni qidirdi. Guruh bosqichida aynan Enso Fernandes jamoa tarkibini shakllantirishga yordam berdi. Yarim himoyachi De Paul, Enso, MakAllister triosi turnirning eng yaxshisi bo‘ldi. Buni xorvatlar bilan o‘yin ko‘rsatdi. Ensoning paydo bo‘lishi ham hujum vektori yo‘nalishi bo‘yicha Messiga kamroq ortga qaytishga imkon berdi. Leo o‘z resurslarini boshqa joyga yo‘naltira oldi. Misol uchun, Skaloni Lautaro o‘rniga afzal ko‘ra boshlagan Alvares bilan jutlikda o‘ynashga. Xorvatlar bilan o‘yinda Alvares Messi juftligi o‘yinni hal qildi. 

Skaloni futbolchilarga yaxshi hamroh ekanligini isbotladi

Rossiyadagi jahon chempionatida Skaloni Sampaolining yordamchisi bo‘lgan. O‘shanda ko‘plab ommaviy axborot vositalari bosh murabbiy bilan munosabatlar kiyim almashtirish xonasida yaxshi emasligini yozishgan. Biroq, yordamchi bilan - juda boshqacha. Balki bu Lionelning bosh murabbiy etib tayinlanishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgandir. U jamoani yig‘a oldi, Messi bilan yaxshi munosabat o‘rnata oldi, shuningdek, o‘z fikrlarini futbolchilarga yetkaza oldi.

Leo atrofidagi birdamlik jamoaga yordam berdi

Jahon chempionati Leo o‘ynagan, lekin hali o‘zi qo‘lga kirita olmagan yagona turnir edi. Jamoa o‘z yulduzi uchun bu sovrinni qo‘lga kiritish maqsadida jahon chempionatiga boshqacha ruxda keldi. Hamma Leo uchun tom ma’noda o‘lishga tayyor edi. Deyarli barcha futbolchilar bu haqda gapirishdi, jumladan Emiliano Martines:

U meni fenomen deb ataganidan so‘ng, men qanday qilib oxirigacha borimni bermasligim mumkin? Men u uchun jonimni berishga, u uchun o‘lishga tayyorman. Umid qilamanki, biz unga jahon chempionatida ham g‘alaba qozonishiga yordam beramiz.

Emiliano Martines kerak bo‘lganda jamoani qutqarib qoldi

Uchrashuvning 123-daqiqasi. Kolo Muani va Kilian Mbappe Martinesga qarshi 2 ga 1 qolib ketishdi va argentinaliklar darvozaboni jamoasini qutqarib qoldi.

Emi uchun bu Jahon chempionatidagi ko‘rsatkichning kvintessensiyasi edi. Butun turnir davomida u 10 dan ortiq seyvni amalga oshirdi. Jamoa kamdan-kam hollarda o‘z darvozasi tomon zarba berishga yo‘l qo‘ydi. Penaltilar seriyasida esa Martines o‘ziga bo‘lgan ishonchini namoyish etdi va ikkala seriyaning ham qahramoniga aylandi. Turnirning eng yaxshi darvozaboni sovriniga Martines mutlaqo loyiq edi.

Finalning yashirin yulduzi - Anxel Di Mariya

Anxel JCH-2022 finali boshlanishiga juda oz vaqt qolganida maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi. Uni Fransiyaga qarshi o‘yinda ko‘rishini kam odam kutgandi, ammo uning ruxiyati hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Skaloni yashirin qurolini ishga soldi, Anxelni chap qanotga qo‘ydi. Fransuzlarning o‘sha qanotidagi zona nisbatan nozikroq va Kundening markaziy himoyaga ketib qolishi natijasida Anxel ko‘pincha yolg‘iz qolgan yoki kamdan-kam hollarda Usmon Dembelega qarshi chiqdi. Anxel qo‘lga kiritilgan penaltida bundan unumli foydalandi.

Bundan tashqari, Di Mariya qarshi hujumlarda asosiy rollardan birini o‘ynadi va uning 63-daqiqada maydonni tark etishi hujumlarning soni keskin kamayib ketganini ko‘rsatdi. 

O‘tgan yili Amerika Kubogidagi g‘alaba milliy terma jamoani ruhiy jihatdan kuchaytirdi

Kopa Amerika finali yaqinda bo‘lgani yo‘q. Jamoaga ruhiyat juda muhim edi. Argentinaliklar 28 yil ichida birinchi marta bu sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular buni Braziliyaning uy turnirida va bundan tashqari, Marakanada hal qilishdi. Finalda Anxel Di Mariya katta sahnaga chiqqan edi. Ko‘p jihatdan argentinaliklar mas’uliyat yukini tashlab, Qatarga ko‘p narsaga qodir ekaniga ishonch bilan kelishdi.

Muxlislar jamoaga katta yordam berishdi

Argentinadan katta armiya keldi - deyarli 50 ming kishi. Ularning har biri jamoani stadionlarda qo‘llab-quvvatlagan. Ko‘pchilik argentinalik muxlislar turnirning eng zo‘rlari bo‘lmasada, eng yaxshilari bo‘lganini tan oladi. Argentinaning o‘zida esa final g‘olib bo‘lganidan keyin o‘tkazilgan o‘yindan keyingi bayramlar nima uchun jahon chempionatida g‘alaba qozonishga arzigulikligini ko‘rsatdi.

“Siz bizning 12-futbolchimiz bo‘ldingiz. Barcha argentinaliklarning orzusi ushaldi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizdan abadiy minnatdormiz va sizni baxtli ko‘rganimizdan xursandmiz", - dedi Lionel Skaloni g‘alabadan keyin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:23, 23.12.2022.
O'qildi: 3863 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.