Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Mundialda g‘olib chiqqan eng yosh murabbiylar

Mundialda g‘olib chiqqan eng yosh murabbiylar

Baho:
+ | -

Lionel Skaloni ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lmagan taqdirda ham sovrinlarni qo‘lga kiritish mumkinligini isbotladi. Bu jahon chempionatidagi birinchi bunday misol emas.

Alf Remzi, Angliya - 46 yosh

Inglizlar 1966 yilda jahon chempionatlardagi yagona chempionligiga ega chiqqan. Oltinni ularga Primyer liganing uchinchi, ikkinchi va birinchi divizionlarida navbatma-navbat g‘olib chiqqan, keyin esa xalqaro darajadagi murabbiyga aylangan Remzi yutib bergan edi.

Frans Bekkenbauer, Germaniya terma jamoasi - 45 yosh

Afsonaviy nemis himoyachisi o‘z darajasida zo‘r murabbiyga aylandi. Bekkenbauer terma jamoani 1986 yilda jahon chempionati kumush medaliga, to‘rt yildan so‘ng esa turnirning bosh sovrinini yutib berdi.

Lionel Skaloni, Argentina terma jamoasi - 44 yosh

Lionel Messi jahon chempioni bo‘lgan kun tarixda qoladi, ammo Argentina muvaffaqiyatining asosiy yaratuvchisi "yosh" Lionel Skalonidir. Mutaxassis ikki yil ichida jahon chempionati, Amerika kubogi va Finalissimada g‘olib chiqdi.

Xuan Lopes Fontana, Urugvay terma jamoasi - 42 yosh

1950 yilgi jahon chempionatida urugvayliklar va braziliyaliklar o‘rtasidagi epik qarama-qarshilik Fontana jamoasi foydasiga yakunlangan. Keyingi turnirda murabbiy to‘rtinchi o‘rin bilan cheklangan edi.

Mario Zagallo, Braziliya terma jamoasi - 39 yosh

Zagallo to‘rt karra jahon chempioni bo‘lib rekord o‘rnatgan - ikki marta futbolchi (1958, 1962) va bir marta murabbiy (1970) va bosh murabbiy yordamchisi sifatida (1994). Ajoyib!

Sezar Luis Menotti, Argentina terma jamoasi - 39 yosh

Bosh murabbiy Maradonani o‘z uyidagi jahon chempionatiga olib bormadi, ammo bu jamoani yanada kuchliroq qildi. 1986 yilda Diyego turnirda g‘olib chiqdi. Menotti buni 1978 yilda Maradonasiz ham amalga oshirgandi.

Alberto Suppichi, Urugvay terma jamoasi - 32 yosh

Alberto Suppichiga iste’doddan ko‘ra ko‘proq tajriba etishmadi. Yosh murabbiy (garchi u o‘sha paytda texnik direktor deb atalgan bo‘lsa ham) 1930 yilda Urugvay terma jamoasi bilan birinchi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 14:13, 24.12.2022.
O'qildi: 3374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.