"Liverpul" PSV Eyndxoven vingeri Kodi Gakpo bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi.
Futbolchi shartnoma shartlarini kelishib oldi, tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va qishki transfer oynasi ochilganda jamoaga o‘tadi. U 18-raqamda harakat qiladi.
Bu transfer mersisaydliklar uchun bonuslar bilan birga 50 million yevroga tushishi xabar qilingandi.














