Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" argentinaliklardan voz kechmoqchi

"Yuventus" argentinaliklardan voz kechmoqchi

Baho:
+ | -

"Yuventus" Anxel Di Mariya va Leandro Paredesni jamoada qoldirish niyatida emas, deya xabar beradi Sky Italia.

Paredes Turin klubida ijara asosida o‘ynaydi, "Yuve" esa 28 yoshli yarim himoyachining huquqlarini sotib olmoqchi emas.

35 yoshli Di Mariya o‘tgan yozda "Yuventus" bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi. Turinliklar vingerga ham yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmayapti.

Joriy mavsumda Paredes A seriyada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi, Di Mariya esa 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Har ikki futbolchi Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yilda jahon chempioni bo‘lishgan.

Kiritildi: 00:35, 02.01.2023.
O'qildi: 2797 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик