Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Makallister "Brayton"ni tark etishga shoshilmayapti

Makallister "Brayton"ni tark etishga shoshilmayapti

Baho:
+ | -

"Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Makallister klubini almashtirishga shoshilmasligini aytdi.

24 yoshli MakAllister Argentinaning Qatardagi jahon chempionatida g‘alaba qozonishida muhim rol o‘ynadi, shundan so‘ng matbuot darhol Aleksisni "Arsenal", "Chelsi" va "Yuventus" kabi yirik klublar bilan bog‘lashni boshladi.

Biroq, Makallister oktyabr oyida "Brayton" bilan 2025 yilgacha yangi shartnoma imzoladi va hozircha Aleksis "Brayton" tarkibida o‘ynashni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

"Men bu hikoyalarning barchasini ko‘p o‘qimaslikka harakat qilaman. Men har doim bu yerda baxtli ekanligimni va ketishga shoshilmasligimni aytganman. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, bu klubdan juda minnatdorman. Jamoadoshlarim va bu yerda ishlayotgan barcha odamlardan minnatdorman. Men bor e’tiborimni keyingi o‘yinga va klubga qaratganman.

Bu bizning klubda yaxshi o‘yinchilar bor yaxshi jamoa borligini bilamiz. Biz og‘ir ligadamiz va bu biz uchun qiyin bo‘ladi, lekin biz mavsumni yuqoriroq o‘rinda yakunlashga harakat qilamiz", - dedi Makallister Albion TV bilan suhbatda.

 

Kiritildi: 12:30, 03.01.2023.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.