Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

JCH-2022. Stadiondagi futbolga yot mojaro

JCH-2022. Stadiondagi futbolga yot mojaro

Baho:
+ | -

Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati final bosqichi qur’asida Eron va AQSH terma jamoalari bir guruhdan joy olgani haqidagi xabar juda tez butun dunyoga tarqaldi:

Bu ikki mamlakat bir necha yil avval o‘zaro diplomatik aloqani uzib qo‘yishgan va ashaddiy dushmanga aylanishgan, yashil maydonda ham uchrashmay qo‘ygandilar. Biroq Qatarda ular o‘rtasidagi siyosiy tortishuvga emas, vatandoshlarning bir-birlariga qo‘l ko‘tarishlariga guvoh bo‘ldik.

KUCHLI SHOVQIN

Forslar amerikaliklarga ovoz chiqarish imkonini bermadilar

O‘sha kuni biz JCH-2022dan JCH-2010ga qaytib kelgandek bo‘ldik. 1-bo‘limda eronlik muxlislarning surnaylari 1 daqiqa ham tinmadi, qaysidir tomonda ovoz pasaysa, boshqasida avjiga chiqardi. Ularning shovqinidan boshlarimiz og‘riy boshladi.

«Ularga shu ovoz yoqadi, shu sababli to‘xtovsiz chalishmoqda. O‘yinni qizdirish niyatidalar», - dedi eronlik Said.

Haqiqatan ham, stadionning guvullashi Argentina-Meksika uchrashuvidagi qizg‘inlikni eslatardi. Doimiy shovqin va qiyqiriqlar tribunalardagi qizg‘inlikdan dalolat berardi. Axir kurash «pley-off» yo‘llanmasi taqdirini hal qilardi. Ta’kidlash joizki, shovqin-suron bobida forslar amerikalik muxlislarni tamoman ortda qoldirdilar. Buni hatto o‘zlari ham tan oldilar. «Shovqin juda zo‘r, lekin terma jamoamiz faqat bizni eshitishi uchun yanada kuchliroq bo‘lishi kerak», - dedi darvoza ortidagi tribunada o‘tirgan faol muxlislarning biri.

Terma jamoa shovqinni eshitgani aniq - faqat u kutilgan ko‘makni bera olmadi. Eron jamoasi o‘yin oxirida shunchalik jonlandiki, uning «pley-off» yo‘llanmasi uchun maydonga tushgani yaqqol sezildi. Biroq bungacha ummon orti vakillari ishonchliroq to‘p surdilar.

INSONIYLIK

Forslar raqiblari bilan suratga tushdilar. AQSH futbolchilari raqiblariga tasalli berdilar

O‘yin tribunalardagi kuchli shovqin ostida o‘tdi, boshqa hech narsa bo‘lmadi: amerikalik va eronlik ishqibozlar yonma-yon o‘tirdilar va o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatladilar va siyosatni xayollariga ham keltirmadilar. Bayroqlar, noroziliklar, sanksiyalar, uzoq yillik dushmanlik - bularning barchasi «Al-Tumama» stadionining tashqarisida qolgandi.

«Siyosat o‘z yo‘liga, odamlar esa doimo odamligicha qoladilar. Amerikaliklarga hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Siyosatchilarning qandaydir iddaolari bo‘lishi mumkin, biz insonlarmiz va bir-birimizni hurmat qilamiz. Mana bu amerikalik muxlislar bilan Rossiya mundialida tushgan suratlarimiz, bunisi esa shu yerda, fan-hududda olingan suratlar», - deydi eronlik muxlis, telefonidagi sanoqsiz suratlarni ko‘rsatarkan.

Ikki jamoa muxlislari yonma-yon suratga tushish orqali insoniylik siyosatdan ustun ekanligini namoyish etdilar. Bu muxlis Eronda ulg‘aygan, hozir AQSHda istiqomat qiladi. Ular orasida ikkita bayroq bilan yurganlar ham bor.

Futbolchilar ham insoniylik fazilatidan mosuvo emasliklarini namoyish etishdi: o‘yin tugaganidan keyin AQSH futbolchilari «pley-off» yo‘llanmasini nishonlashdan voz kechib, raqib futbolchilari tomon yo‘l oldilar. Maydonda ma’yus o‘tirgan Said Izzatullohiga 4-5 nafar raqiblari tasalli berishdi. Majid Husayniydan esa Entoni Robinson uzr so‘radi.

SIYOSAT

Erondan kelgan va jo‘natilgan muxlislar mojarosi

Amerikalik muxlislar bilan yuzaga kelishi taxmin qilingan to‘qnashuvlar o‘rniga, eronlik muxlislar o‘rtasida o‘zaro mojarolar bo‘lib o‘tdi. Ularning ko‘pchiligi uchun Erondagi vaziyatni jahon jamoatchiligiga yetkazish vositasi edi. Ular ayollar erkinligi va hayoti uchun kurashga kirishib, o‘z noroziliklarini bildirishga urindilar: Eron terma jamoasi o‘yinlarida norozilikni bildiruvchi bayroqlar paydo bo‘ldi, hozirgi hukmron tizim madhiyasi yangraganida hushtakbozliklar kuchaydi. Muxlislar futbolkalariga norozilik so‘zlari yozilgan, bayroqlarida esa markazdagi islom ramzi o‘rnida harakat timsoli tasvirlangandi.

Dastlabki tur risoladagidek sharoitda o‘tdi. Lekin 2-turda muammolar boshlandi - eronlik muxlisdan bayrog‘ini tortib olishdi. Bunaqa bayroq bilan stadionga kirishga haqqi yo‘q emish. Boshqa bir muxlisdan norozilik bayon etilgan futbolkasini yechib olishdi. Vaholanki, bu libos 2-futbolkaning tagida edi.

«Bu mening 3-o‘yinga kelishim. Avvalgi uchrashuvlarda futbolkamni shunchaki suratga olib, kimgadir jo‘natishgan, meni stadionga o‘tkazib yuborishgandi. Bugun yechib berishni talab qilishdi. Bu safar ajabtovur o‘yin bo‘ldi. Nima uchun men o‘z futbolkamda yura olmadim? Umuman, futbolkam tagida qanday libos borligini tekshirishga kimning haqqi bor? Yakunda uni yuk saqlash kamerasida qoldirishimni so‘rashdi», - deydi eronlik muxlis.

Kimdir yozuvli futbolkani stadionga olib kirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo buning uchun yuziga shapaloq urishdi - ha, ko‘ksidagi yozuvi uchun.

«Uchrashuv boshlanishi arafasida eronlik yigit rafiqamning yuziga urdi. Polisiya unga hech narsa demadi: bizga aytishlaricha, yozuvli futbolkalarni kiyib olib, kishilarni fitnaga boshlayotgan emishmiz», - dedi boshqa muxlis.

O‘yindan keyin sektorlardan birining yo‘lagiga ko‘krak qismiga «Women. Life. Freedom» yozuvi bitilgan futbolkalardagi qizlar yugurib kelishdi. Ular «polisiyaga qo‘ng‘iroq qilinglar», deb baqirishardi. Keyin ular darvoza ortiga yugurishdi, qizlarni styuardlar o‘z himoyalariga oldilar. Bu voqeaga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Aftidan, hukumat tomonidan yuborilgan muxlislar norozilik namoyishchilarini quvib chiqarayotgan edilar.

«Ko‘zlarimga ishonmay qoldim: polisiya elektroshokerlar bilan kelgandi. Bor-yo‘g‘i, futbol muxlislarini tarqatib yuborish uchun. Qanday ajablanarli holat! Axir bu futbol stadioniku! JCH uchun nojoiz voqea», - dedi eronlik muxlis.

«Provokatorlar - Eron rejimining vakillari. 1-o‘yinda bunaqa voqealar bo‘lmagandi. Hammasi 2-sida boshlandi. Bular hukumat gumashtalari, bu yerga maxsus topshiriq bilan - bizlarni qo‘rqitish uchun kelishgan», - dedi uning rafiqasi.

O‘yindan keyin norozilik kayfiyatini namoyish etgan eronliklarni to‘xtatib qolishdi. Ukasi va uning o‘rtog‘ini  nima uchun ushlab qolishganini bilmoqchi bo‘lgan qiz oxir-oqibat, o‘zi asiraga aylandi. Garchi  hech kimga qo‘l ko‘tarmagan, bayroq va futbolkani namoyish etmagan bo‘lsada, uni stadiondagi qandaydir binoga olib ketishdi.

Qatarga eronliklar o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, mamlakatda yuz berayotgan voqealardan hammani boxabar qilish uchun kelishgandi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, norozilik namoyishini to‘xtatish uchun hukumat FIFAga bosim o‘tkazishga urinib ko‘rgan, shu sababli eronliklardan bayroqlarni, styuardlar futbolkalarni tortib olishgan. Qatarda Eron rejimiga qarshi chiqayotgan muxlislarni jilovlash uchun stadionga olib kelingan va Eron simvolikasi bilan ta’minlangan muxlislar tashrifi ham tasodif emas. Shunisi aniqki, Qatar mundialida Eron haqida gap-so‘zlar ko‘p bo‘ldi, kechagi voqeadan keyin «qaynashi» aniq.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:29, 04.01.2023.
O'qildi: 1693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.