Kirish Ro'yxatdan o'tish

Depay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin

Depay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.

Niderlandiyalik hujumchining qaytishiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham Premyer-liga klubiga o‘tishga qarshi emas. Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Hujumchi avvalroq 2015 yildan 2017 yilgacha "qizil iblislar" safida to‘p surgan. U 53 ta uchrashuvda qatnashib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi “Barselona” safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 07:37, 07.01.2023.
O'qildi: 1949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик