"Sautgempton" "Rasing" yarim himoyachisi Karlos Alkarasning transferini yakunladi. Bu haqda Argentina klubi rasmiy sayti xabar berdi.
20 yoshli yarim himoyachi ingliz jamoasi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Bitim 13,65 million yevroni tashkil qildi. Bonuslarni qo‘shganda, bu miqdor 15 milliongacha o‘sishi mumkin.
Shuningdek, “Rasing” yarim himoyachining keyingi sotuvidan 15 foizga ega bo‘ladi.













